Sud jarayoni:
Sudya: Talaba Ikromov A.N.
Prokuror: Talaba Azizov A.M.
Adokat: Talaba Agzamova F.YU.
Kotiba: Talaba YUldasheva N.G.
Jabrlanuvchi: Talaba Xakimova R.T.
Ayblanuvchi: Talaba Xodjaev SH.T.
Sud jarayonida tomonlarning fikrlari eshitilib qaror qabul qilindi.
Sudya. Talaba Ikromov A.N. so‘zga chiqib: Jabrlanuvchi: Talaba Xakimova
R.T.ning arizasi qanoatlantirilishi va ayblanuvchi: Talaba Xodjaev SH.T.ga
nisbatan jinoyat kodeksining ma’lum bir bob, bo‘lim va moddasi qo‘llanib unga
eng kam ish xaqining 1000 barobari miqdorida jarima solish belgilansin va ijrosi
taminlansin.
O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishni orttirish, didaktik-o‘yin, o‘quv
munozaralari, o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va mas’uliyatini shakllantirish
metodlariga mansub bo‘lib, ular quyidagicha:
a) o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish metodlari o‘quvchilarda ijobiy
hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajublanish
effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish va
tanbeh berish uslubi.
b) didaktik o‘yin metodi, o‘yin syujetini tanlash, o‘yin
vaziyatlarini vujudga
keltirish, o‘quv-bilishga oid o‘yinlarni tanlash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish
uslubi. v) o‘quv munozaralari metodi o‘quv bahslarini keltirib chiqaradigan
vaziyatni yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish. O‘quvchilarni
muvaffaqiyatlarga yo‘llash, o‘quvchilar fikrini
bayon qilishi, ular javobidagi
xatolarni to‘g‘rilash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi.
d) o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va mas’uliyatini shakllantirish
metodi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘quv talablarini
qo‘yish, o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish kabi uslublarni
mujassamlashtiradi.
o‘quvchilarning mustaqil keng va
puxta bilim olishlarida ijodiy,
ishbilarmonlar, konferensiya, o‘yin mashqlari kabi didaktik o‘yinlar o‘zining
ta’lim- tarbiya beruvchi,
bilimlarni mustahkamlovchi, o‘quv materiallarini
takrorlovchi, bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar sifatida ifoda etilishi bilan
ahamiyatlidir. O‘quvchilarning
ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda ularning o‘zlarida bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
59
malakalarini yangi vaziyatda qo‘llash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishida
didaktik o‘yinlarning o‘rni alohida ajralib turadi. Bunda ularning bir-biridan
farqlanishi va o‘ziga xos tavsifga ega ekanligiga e’tibor beriladi. Ijodiy o‘yinlar –
talabalarning ijodiy izlanish, mantiqiy fikr yuritishini rivojlantirish va qo‘shimcha
bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘yinlardir. Bu o‘yinlar
ta’sirida o‘quvchi ijodiy izlanib, yangiliklarni kashf etadi va uni hayotida qo‘llaydi.
Dars jarayonini oshishiga o’quvchi-talabalarning darsga qiziqishiga olib keladi.