O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Kvalitet (fran. qualite — sifat, ya’ni aniqlik darajasi) tizimdagi 
joizliklar qiymatlarining daraja pog‘onasi. Har bir kvalitet tarkibida qator 
joizliklar bor. Bu joizliklar va o‘tqazishlar tizimida barcha nominal 
o‘lchamlar uchun taxminan bir xil aniqliknl ta’minlaydi, deb qaraladi. 
Bir kvalitet ichidagi aniqlik faqat nominal o‘lchamga bog‘liq. JO‘YaTda 
19 ta kvalitet joriy qilingan: 01; 0; 1; 2; ... 17 (eng aniq 01 va 0 
kvalitetlar 1 kvaliteti joriy qilinganidan keyin kiritilgan). Kvalitet joizlik, 
ya’ni mashina detallarini tayyorlash va nazorat qilish usullari hamda 
vositalarini joriy qiladi. 2.1 va 2.3- formulalar 5—17 kvalitetlaniing 
joizliklarini hisoblash uchun xizmat qiladi. Bu kvalitetlar uchun joizlik 
birliklarining soni tegishli ravishda 7; 10; 16; 25; 40; 64; 100; 160; 250; 
400; 640; 1000 va 1600 ga teng. 6-kvalitetdan boshlab, ular qo‘pollashib 
borgan sari «a»ning qiymatiari mahraji a=1,6 teng geometrik 
progressiyasini tashkil qiladi. Demak, bir kvalitetdan ikkinchi, qo‘polroq 
kvalitetga o‘tganda joizliklar 60 %ga oshib boradi. Har bir 5 kvalitetdan 


68 
keyin joizlik 10 baravar ortadi 5-kvalitetdan aniqroq kvalitetlar uchun 
joizliklar IT (ISO Tolerance — ISO joizlikligi) quyidagi formulalar 
orqali topiladi: 
ITO 1=0,3+0.008 D; ITO=0,5+0,012 D; III-0,8+0,020 D; 
I T 2  = V/rTTri;I T 3 = ^[rrT~lT5: IT4 = 4rn~IT5. 
bu yerda, IT mkm, D mm hisobida. 1 mm. dan kichik bo‘lgan 
o‘lchamlar uchun 14, 17 kvalitetlar bo‘yicha joizliklar belgilanmaydi. 
Har bir kvalitet bo‘yicha joizliklar qatorlari tuziigan. Bularning har 
birida har xil o‘lchamlar «o» qiymatiga bog‘liq bo‘lgan bir xil nisbiy 
aniqlikka ega. 
Joizliklar qatorlarini tuzish uchun o‘lchamlarning har bir ko‘lami bir 
necha intervallarga bo‘lingan. 1 mm. dan 500 mm. gacha bo‘lgan ko‘lam 
13 ta intervalga bo‘lingan: 3 mm. gacha, 3 dan 6 mm. gacha, 6 dan 10 
mm. gacha... 400 dan 500 mm. gacha. Katta tirqish yoki tarangliklar 
hosil qiluvchi maydonlar uchun qo‘shimcha intervallar kiritilgan bo‘lib, 
u tirqish va tarangliklar tebranishlarini kamaytiradi hamda o‘tqazishlarni 
aniqroq qiladi. Bir intervalga birlashtirilgan barcha o‘lchamlar uchun 
joizliklar qiymati bir xil qilib qabul qilingan, chunki, har bir nominal 
o‘lcham uchun joizlik joriy qilish maqsadga nomuvofiq bo‘lib, joizliklar 
jadvallari juda katta bo‘lib ketadi, qo‘shni o‘lchamlar joizliklari esa bir-
biridan juda kam farqlanadi. Har bir intervalni chekli qiymatlarining 
o‘rta geometrik qiymatiari qo‘yiladi: 
3 mm. gacha bo‘lgan interval uchun D=3 qabul qilinadi. Oichamlar 
intervallar bo‘yicha shunday taqsimlanganki, intervalning chetlari va 
o‘rta qiymati bo‘yicha hisoblangan joizliklar bir-biridan 5—8 %dan ortiq 
farqlanmaydi. 
Standartlar orqali joriy qilingan joizliklar va og‘ishlar butun dun-
yoda qabul qilingan +20°C haroratda aniqlangan detallar o‘lchamlariga 
taalluqli. Bunday harorat mashinasozlik va asbobsozlik anjomlari tayyor-
lanadigan sexlar haroratiga yaqin, deb qabul qilingan. Barcha chiziqli va 
burchakli o‘lchovlar, o‘lchash asboblarinii darajalash, attestatsiyalash 
hamda aniq o‘lchashlar normal haroratda bajarilishi, undan chetga 
chiqish yo‘l qo‘yilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Detal va o‘lchash 
vositasining harorati nazorat paytida bir xil bo‘lishi kerak (bu harorat 
+20°C bo‘lmasligi ham mumkin), bunga detal va o‘lchash vositasini bir 
xil sharoitda ma’lum vaqt saqlab, (masalan, cho‘yan taxtaning ustida) 
erishish mumkin. O‘lchash xatoligi mahalliy isish natijasida ham paydo 
bo‘lishi mumkin. Masalan, nazoratchi qo‘lining issiqligi ta’siri tufayli 15 


69 
daqiqa ichida diametri 175 mm. ga teng bo‘lgan vallarni nazorat qiluvchi 
skobaning o‘lchami 8 mkm. ga, 280 mm. li valni tekshiruvchi skobaning 
o‘lchami esa 11 mkm. ga o‘zgaradi. Shuning uchun, o‘lchash vositalari 
ustiga issiqlikdan saqlaydigan qoplamalarni qo‘llash yoki nazoratchilar 
termoizolatsiyalik qo‘lqoplardan foydalanishlari kerak. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish