178
ABTning funksional elementlar va ular orasidagi bog„lanishlar
ko„rinishidagi sxemasi
funksional sxema deb ataladi.
Unda funksional elementlar
to„g„ri to„rtburchak, ular orasidagi bog„lanishlar esa strelkalar ko„rinishida
tasvirlanadi. Tizimning funksional sxemasini tuzish uchun avval uni funksional
elementlarga ajratib olish, ular uchun kirish va chiqish
kattaliklarini va bu
kattaliklarni elementlararo uzatish yo„nalishi aniqlab olish va shartli belgilar bilan
ifodalash lozim bo„ladi. Sxemalarda funksional elementlar nomlarning bosh
harflari ko„rsatilgan to„g„ri to„rtburchak shaklida ifodalanadi (3.1,a-rasm). Bundan
faqat taqqoslash elementi (TqE) mustasno, bu element o„rtasida
kesishuvchi ikki
chiziq chizilgan aylana shaklida ifodalanadi (3.1,b-rasm).
Umumiy holda kirish va
chiqish signallarini tegishlicha
x va
u bilan belgilanadi, TqEda esa ikkita
x