Qorako‘l terilarining kvaslanganligini baholash




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Qorako‘l terilarining kvaslanganligini baholash bo‘yicha
so‘ngi yillarda olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
mikroskop ostida kollagen bog‘lamlarining har xil darajada
bo‘linganligini faqat kollagen bog‘lamlari juda yaxshi rivojlangan 
terilarda kuzatish mumkin, qaysikim ularda kollagen bog‘lamlari 
etilgan va takomillashgan bo‘ladi. Ushbu terilarda ko‘ndalang
chizg‘ilar bo‘yicha kollagen tolalarining mayin yoki qo‘pol
bo‘linganligini aniqlash mumkin. Biroq kollagen bog‘lamlari 


93 
kuchsiz rivojlangan qo‘zichoq terilarida kollagen tolalarining
bo‘linish darajasini aniqlash qiyin, chunki ular elementar
tuzilishga ega. 
Qorako‘l terilari morfologik tuzilishining turli-tuman
xususiyatlari, shuningdek mo‘yna korxonalarida qabul
qilinadigan xom ashyoning sifati o‘zgarib borishi sababli, qorako‘l
terilarining charm to‘qimasini kvaslanganligini nazorat qilish 
uslubini takomillashtirish va kvaslanganlik darajasini baholash
mezonlarini aniqlashtirish zarurati tug‘ildi. 
Qorako‘l terilarini kvaslab ishlov berish natijasida
epidermisning bir oz qavatlarga ajralishi, shuningdek shoxlangan 
soch piyozchalari va xaltachalarining qisman shikastlanishi
kabi o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida haddan ortiq 
keskin ta’sir natijasida teridagi soch qoplamini susayishiga olab
keladi. 
Terilarning charm to‘qimasini kvaslanganlik darajasini
mikroskopik usul bo‘yicha baholashda asosiy mezonlar sifatida
kollagen bog‘lamlarining bo‘linganligi, kollagen bog‘lamlarida 
ko‘ndalang chizg‘ilarning borligi, dermada qavatlanishning
borligi yoki yo‘qligi kabi belgilar qabul qilingan. Ushbu uslubga 
muvofiq qorako‘l terilari charm to‘qimasining kesimi asosli va
kislotali bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, suvsizlantiriladi va bir tomchi 
balzam tomizilib qoplama shisha ostida kuzatiladi. 
Charm to‘qimasi kesimining oqsil-uglevod kompleksiga
kvaslash jarayonining ta’siri, charm to‘qimasining hamma
epitelial strukturalari yadro bo‘yog‘ining to‘liq yo‘qolib ketishi 
yoki keskin pasayishi, shuningdek kollagen bog‘lamlari va soch
piyozchalari oralig‘ida bo‘sh hoshiyalarning paydo bo‘lishida
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari soch piyozchalari bo‘rtadi,
ba’zan shikastlanadi, buni piyozchalardan to‘kilgan pigment
donachalari izohlaydi. 
Kvaslarning kollagenga ta’siri kollagen bog‘lamlarida
ko‘ndalang chizg‘ilarning paydo bo‘lishi bilan ham izohlanadi. 
Bu ko‘proq charm to‘qimasi kesimini kislotali bo‘yoqlar bilan 
bo‘yaganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatdiki, kvaslar ta’siri natijasida kollagen bog‘lami “ochiladi”,
buning natijasida yanada mayinroq tolalarni ko‘rish imkoni 
tug‘iladi. Bog‘lam sochilib ketmaydi, shuningdek fibrillyar


94 
bo‘linish ham sodir bo‘lmaydi. Ushbu kuzatishlar natijasida
qorako‘l terilari charm to‘qimasining kvaslanganlik darajasini 
charm to‘qimasining bo‘linganligi va kollagen bog‘lamlarining 
holati, soch ildizlari, shuningdek epidermisning saqlanganlik
darajasi bo‘yicha aniqlanadi.
Qorako‘l terilari charm to‘qimasi strukturasining holati 
bo‘yicha me’yorida kvaslangan, yetarlicha kvaslanmagan va
me’yoridan ortiq kvaslangan terilarga bo‘linadi. Me’yorida
kvaslangan terilarga retikulin va pillyar qavatlar oralig‘ida, 
shuningdek soch piyozchalarining asosida va ularning oralig‘ida
hoshiyalarning borligi sababli, g‘uddali qatlam yaxlit bo‘lingan 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, kollagen bog‘lamlari oralig‘idagi
hoshiyalarning borligi natijasida to‘rli qavat qalinlashadi va
bo‘linadi. Shu bilan birgalikda me’yorida kvaslangan terilar
quyidagi belgilar bilan farqlanadi:
Ko‘ndalang 
chizg‘ilar 
alomatlari 
bo‘lgan 
kollagen 
bog‘lamlarining borligi;
soch piyozchalarining shikastlanmasdan bo‘rtishi; 
soch piyozchalaridan pigmentlarning to‘kilmaganligi va soch
qobig‘ining buzilmaganligi; 
epidermis bilan derma orasidagi bog‘lanishning yo‘qolganlik 
belgilari, epidermisning ko‘ndalang kesimda alohida quroqchalar 
shaklida saqlanganligi. 
Yetarlicha kvaslanmagan terilarda quyidagi alomatlar
kuzatiladi: kollagen bog‘lamlarida “ochilish” belgilari bo‘lmagan 
kollagen bog‘lamlarining borligi; charm to‘qimasining mag‘zida 
zich joylashgan bo‘rtmagan soch piyozchalarining borligi; 
kesimning butun uzunligi bo‘yicha saqlangan epidermisning
borligi. Mikroskopik tasvir bo‘yicha yetarlicha kvaslanmagan 
terilar xom ashyoga yaqinlashadi.
Me’yoridan ortiq kvaslangan terilarda kuzatiladigan belgilar:
charm to‘qimasi kesimining umumiy yaxlitligini buzilganligi; 
sochlari bo‘lmagan hoshiyalarning borligi, sochlar 
qobig‘ining keskin bo‘rtishi va har xil qismlarda, birinchi 
navbatda sochning bazal qismida ularning yaxlitligining buzilishi; 
epidermisning 
butunlay 
yo‘qligi 
yoki 
kesimda
deformatsiyalalangan quroqlar ko‘rinishida saqlanishi; 


95 
kollagen tolalarining holati va ularning mayinroq
elementlarga “ochilishi”; kollagenning erish alomatlari hisobidan
talqin etiladi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qorako‘l terilarining kvaslanganligini baholash

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish