|
Arpa uni va sirka kislotasi aralashmasida ishlov berishBog'liq CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASIArpa uni va sirka kislotasi aralashmasida ishlov berish.
Qorako’l terilariga ishlov berish bilan qadimdan shug’ullanishgan
bo’lsada, lekin muyna tayyorlash jarayonlari sekin rivojlangan.
Bunga sabab terining tayyor muynaga aylanish jarayonlari juda
murakkabligi va ba’zi jarayonlarning moxiyati uzoq vaqt davomida
ochilmaganidandir.
Qorako’l terilari xom-ashyosining teri to’qimasi ko’p
miqdorda mukopolisaxaridlar saqlaydi. Ular kollagen tolalari va
o’ramlari orasida yupka qavatlar shaklida joylashganligi tajribada
isbotlangan. Kollagen o’ramlari yaxshi tolalangan charm tuqimasi
olish uchun, ishlov berishning shunday uslubi tanlanishi kerakki,
bunda uglevod komponentlariga ko’proq ta’sir ettirilib, oqsillarning
yuvilishiga erishilgan.
Sulfat
kislotasi
ishtirokidagi
odatdagi
pikellash
mukopolisaxaridlarning yetarli mikdorda bartaraf etilishini va o’z
navbatida charm tuqimasining ingichka tolalanishini ta’minlamaydi.
Qorako’l terilarini arpa uni yordamida kvaslash jarayonida
yukorida aytilgan xossalarga nisbatan ko’proq erishilsada, bu uslub
uzoq vaqt va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatishni talab etishi,
jarayon borishini boshqarish va jarayon tugallanishini aniklash
murakkabligi sababli, hozirgi vaqtda qorako’l terilariga ishlov
berishning yangi uslublarini ishlab chiqish, davr talabi bo’lib
qolmoqda.
Qo’yilgan muammo asosida bir qator tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Jumladan, qorako’l terilarini kvaslash jarayonida
amalda qo’llanib kelayotgan arpa uni mikdorini 50 % ga kamaytirib,
sirka
kislotasini
qo’shib
olib
borish
natijasida
samarali
ko’rsatkichlarga erishildi. Shu bilan birga kvaslash jarayonining
muddati 3-4 kunga qisqaradi.
Bu usulga muvofik jarayon ikki boskichda olib borildi.
Birinchi bosqich arpa unining bijgishi natijasida xosil bo’lgan
organik kislotalarning 2 g/l gacha to’plangan achitqisida, ikkinchi
boskich sirka kislotasining 8-9 g/l mikdordagi eritmasida olib
borildi. Jarayon parametrlari quyidagicha belgilandi.
|
| |