81
Achitish jarayonini nazorat qilish
Har vaqt, kvaslash jarayonida suyuqlik koeffitsienti, harorat,
kislotalar miqdori va bakteriyalarning aktivligini nazorat qilish
kerak. Teri tayyor bo‘lganligini faqat organoleptik usul bilan
tekshiriladi. Qorako‘l terilarining ag‘darma tomoni oq tusda bo‘lib,
uni qatlab siqqanda oq chiziq paydo bo‘ladi. Tekshirishning
ikkinchi usuli teri to‘qimalari bilan junni mustahkamligini bilish
uchun teridagi qo‘ltiq osti junlari yoki oyoqchalar, bo‘yinlardagi
junni tortib bilish mumkin. Agar achitish jarayoni tugagan bo‘lsa,
junning mustahkamligi bu joylarda susayadi. Achitish eritmasida
kislotalar miqdori kam bo‘lsa, u jarayon oxirigacha etkazilmaydi va
teri sifati pasayadi. Bunda ehtiyot bo‘lib mineral kislotalardan oz
miqdorda, qo‘shish kerak.
Achitish eritmasiga fermentlar ko‘payib ketsa, teri to‘qimalari
va jun orasidagi bog‘lanish susayib ketadi. Bu ancha nuqsonlarga
olib kelishi mumkin. Bu holatni yaxshilash maqsadida juda kam
miqdorda tuz qo‘shib, muhitni o‘zgartirish mumkin. Quyida
qorako’l terilarini achitish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan A-1-23
raqamli “Mo’yna xom-ashyosini achitish jarayonini o’tkazish uchun
sut sanoati chiqindisi zardobini qo’llagan holda resurslarni tejovchi
ekologik toza achitish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi Davlat
granti asosida olib borilgan ilmiy tadqiqot izlanishlari natijasida
mo’yna xom-ashyosini achitishning bir qator yangi usullari barpo
etildi.