Teridan junni ajratish va yuzasini mexanik




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

5.2.1. Teridan junni ajratish va yuzasini mexanik 
usulda tozalash 
 
Bu jarayon asosan terilarga surtish usuli bilan ishlov 
berilganda bajariladi, chunki kul suvini yoki kul suvi aralashmasini 
terining baxtarma tomoniga surtganda junning teri to‘qimasi bilan 
mustahkamligi pasayadi. Bu holatda terilarni alohida mashinalarda 
junini ajratib olish mumkin. Agar teriga kul suvi bilan ishlov berilsa 
jun qoldiqlari kuyib ketadi va uni alohida mashinalarda ajratib 
bo‘lmaydi. Juni yo‘qotilgandan keyin teri yuzasida iflosliklar
yiringlar va ba’zi joylarida jun qoldiqlari qolishi mumkin. Bulardan 
tozalash uchun alohida teri yuzasini tozalash jarayoni olib boriladi. 
Bu jarayon asosan xromli charm yoki poyabzalning ustki qismiga 
charm olish uchun olib boriladi. Buning sababi shundan iboratki, 
agar yiring va iflosliklar tozalanmasa, u charm yuzasiga o‘tirib, 
uning yuzini dag‘al qiladi. Ba’zi joylari esa bo‘yalmay qoladi. 
Yuzani tozalash asosan qo‘l mehnati bilan olib boriladi, shunda 
terining sifati ancha yaxshilanadi. 
Agar mashinalar bilan ishlov berilsa, terining sifati ancha 
pasayadi, agar qo‘l bilan ishlov berilsa, bu og‘ir mehnat jarayoni 


97 
antisanitar holatda bo‘ladi. Oxirgi paytlarda yuzani kimyoviy usul 
bilan tozalash uslubi ishlab chiqilgan. Bunda teri to‘qimalari 
og‘irligiga nisbatan 5% osh tuzi va 50% suv olinib, bir soat ichida 
maxsus apparatlarda aylantiriladi. Natijada, teri to‘qimasi ichidan 
yiringlar, suvda eriydigan oqsillar va qolgan iflosliklar chiqib 
ketadi. Oxirgi vaqtda osh tuzi o‘rniga, fosfat tuzlari ishlatilayapti. 
Bunda oqsillarni yo‘qolishi kamayadi. Ba’zi vaqtlarda osh tuzi,
natriy sul’fati hamda natriy fosfati aralashmalari ishlatiladi. 
Birinchi marta Chexoslovakiyada qo‘llangan eng oddiy usul 
hisoblangan. Teri to‘qimalarini barabanlarga solib, hech qanday 
suvsiz hamda boshqa suyuqliklar solmasdan aylantirilgan. Terilar 
bir- biriga ishqalanib, siqilib-kengayish (yoyilib) natijada yiringli 
hamda qolgan iflosliklar teri yuzasidan ajralib chiqadi.
Bu jarayon mexanik usulda amalga oshiriladi va MVCHG-
3200-K markali mashinadan foydalaniladi.
Junni haydash va teri yuza sirtini tozalash mashinalari mezdril 
mashinalarida o‘xshash bo‘lib, bu mashinalarga pichoqlarni 
egovlovchi mexanizmlar bo‘lmaydi. 
Terilarga ishlov berishda, rifli, metalli transportirovka vali 
o‘rniga rezina valli mashina qo‘llaniladi va terilar yuzasi yuqoriga 
qaratilgan holda ishlov beriladi. 
MVCHG-3200-K mashinada ishlov berishda teri dastlab 
jundan ajratiladi va yuzasi tozalanadi. Junni ajratishda teri 
yuzasidagi jun o‘tmas pichoqli val orqali suriladi va tozalanadi. 
Ba’zi hollarda jundan tozalangandan so‘ng teri yuzasini tozalash 
uchun suv bilan yuviladi. 
Terilarga ishlov berishda, ularning turi va vazniga qarab, har 
xil markali jundan tozalash va teri yuza sirtini tozalash mashinalari 
ishlatiladi.
 
MVCHG-3200-K mashinasining texnik tavsifi: 
Ishchi organining kengligi 3200 mm 
Bir soatdagi mehnat unumdorligi 140 dona kichik buzoqcha 
terisi 
Qabul qiladigan umumiy quvvat 28,3 kvt 
Ishlaydigan ishchilar soni 2 ta 
Gabarit o‘lchamlari, mm 5475 x 1340 x 1640 


98 
Massasi – 6000kg 

Download 1,97 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Teridan junni ajratish va yuzasini mexanik

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish