O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
5.2.2. Mezdralash 
Mezdralash jarayoni terining baxtarma tomonida qolgan 
ortiqcha yog‘ va teri ostki qatlamlarni yo‘qotishdir. Mezdralash 
natijasida terining baxtarma tomoni silliq bo‘lib, keyingi 
operatsiyalar, ya’ni bo‘kishi, kul suvi bilan ishlov berish ancha 
osonlashadi. Mezdralash jarayoni ko‘pincha ho‘l tuzlangan terilarni 
yuvgandan keyin yoki quruq xom ashyolarni ozgina bo‘ktirgandan 
keyin olib boriladi. Teri to‘qimalarini mezdralash kerak bo‘lib 
qolsa, ularni kul suv bilan ishlov berilgandan keyin bajariladi. 
Ajratilgan, mezdralash natijasida hosil bo‘lgan qoldiqlarni alohida 
bo‘limlarini qaynatib, yelim olinadi. Katta terilardan pitir yog‘ini 
ajratish 
uchun 
MMG-3200-K 
markali 
mezdril 
mashinasi 
qo‘llaniladi. 
13-rasm. MMG-1800-K markali o‘tkazmas mezdril mashinasining 
umumiy ko‘rinishi 
MMG-1800-K mashinasining texnik tavsifi. 
Ishchi organining kengligi 1800mm 
Bir soatdagi mehnat unumdorligi 250 dona katta teri 
Qabul qiladigan umumiy quvvat 14,4 kvt 
Gabarit o‘lchamlari, mm 3520 x 1125 x 1410 
Massasi – 3200kg 
 


99 
5.2.3. Ikkilash
Davlat standartlariga muvofiq terilar qalinligiga qarab ikki va 
undan ortiq qatlamlarga bo‘linadi. Agar teri ikkiga bo‘linsa, natijada 
ikki qatlam paydo bo‘lib, yuza qatlami qalinligi o‘xshash bo‘ladi. 
Ikkinchi mezdra qatlami qalinligi turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki 
qatlamga ajratish asosan poyabzalning ustki qismi uchun charm 
ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi. Terining qalinligiga qarab ikkiga 
bo‘lish lentali mashinalarda bajariladi. Juda tez harakat qiladigan 
temir arradan iborat bo‘lib, vallar orqali bu temir arraga 
yarimmahsulot beriladi. Yarimmahsulot ko‘pincha kul suvi bilan 
ishlov berilgandan keyin ikkiga bo‘linadi. Bu yarimmahsulot, 
albatta bo‘kkan bo‘lishi kerak. 
Bo‘kish jarayonini amalga oshirish uchun ba’zi vaqtlarda 
yarimmahsulot 10 g/l soda bilan ishlov beriladi. Ikkiga bo‘lish 
natijasida terining baxtarma tomonida ancha-muncha qoldiqlar 
paydo bo‘ladi. Bu qoldiqlarni mezdraga aralashtirib yelim olishga 
yuboriladi.
Hozirgi paytda ko‘pgina zavodlarda ikkiga ajratishni 
oshlashdan keyin bajaradilar, natijada oladigan mahsulot quyidagi 
afzalliklarga ega bo‘ladi: 
1. Terini baxtarma tomonidan chiqadigan mahsuloti 10–15 
foizga oshadi. 
2. Terining yuza tomoni tekis bo‘lib, qalinligi bir xil bo‘ladi.
3. Teridan ajratilgan ikkinchi qatlam qaytadan oshlanmaydi. 
4. Agar 
ikkiga 
bo‘linsa, 
ishlash 
jarayonida 
mehnat 
unumdorligi ancha oshadi. 


100 

Download 1,97 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish