104
Bu bog‘lanishlar turi, oshlashda u yoki bu moddalar bilan ko‘p
yoki kam bog‘lanishlar miqdorini ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
oshlovchi molekula bir vaqtning o‘zida kollagenning aktiv markazi
bilan
tabiati
turli
bo‘lgan
bog‘lanishlar,
aniqrog‘i
turli
mustahkamlikka ega bo‘lgan bog‘lanishlar hosil qiladi. Hosil
bo‘lgan bog‘lanishlar miqdori ham har xil va bu bog‘lanishlar
oshlovchi moddalar tabiatiga bog‘liq.
Buni quyidagicha tushunish mumkin:
turli xil oshlovchilar
bilan oshlangan kollagen, yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarga
asosan
erishadi, lekin bu xususiyatlarni darajasi har xil, bu esa
qo‘llaniladigan oshlovchilarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘simlik
tannidlari bilan oshlangan dermaning issiqlikka chidamliligi 85
0
C
ga etsa, xrom asosli tuzlar bilan oshlangan
charmning issiqlikka
chidamliligi 140
0
S ga etadi yoki o‘simlik oshlovchilari bilan
oshlangan charmni eyilishini 100% deb qabul qilsak,
xromli
charmlarni eyilishga chidamliligi 140% dan oshadi. Charm
xossalariga nafaqat hosil bo‘lgan bog‘lanishlar miqdori, balki bu
bog‘lanishlar strukturaning qaysi joyida hosil bo‘lishi
bilan ham
ta’sir ko‘rsatadi.
Oshlash jarayonida molekulalararo va ichki molekulyar
bog‘lanishlar hosil bo‘ladi.
Birinchi holatda bog‘lanish uchlamchi polipeptid zanjirlari
orasida hosil bo‘ladi, uchlamchi polipeptid
zanjiri bitta kollagen
molekulasini tashkil qiladi. Ikkinchi holatda bog‘lanish ichki
molekulyar ko‘prik orqali bog‘lanish vujudga keladi.