Bog‘lanishlarning sxemada ko‘rinishi




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Bog‘lanishlarning sxemada ko‘rinishi 
Ichki molekulyar bog‘lanish 
Molekulalararo bog‘lanishlar 
Boshqa hollarda bog‘lanish uchlamchi polipeptid zanjirlari 
orasida paydo bo‘lib, kollagenning dag‘al elementlari o‘rtasida hosil 
bo‘ladi, bu elementlar subfibrillar deb aytiladi.


105 
Biz ko‘rib chiqadigan bog‘lanishlar derma struktura 
elementlarining qaerida qancha hosil bo‘ladi, strukturaning turli 
qismlarida qanday zichlikda joylashadi, buni quyidagicha izohlash 
mumkin:
– oshlovchilar, ko‘pincha kollagen bilan yuza strukturalari 
elementlari bilan bog‘lanib, ichki strukturada, oshlovchi borib 
etolmaydigan joylar bor, deb ko‘pgina olimlar fikr yuritishadi. 
Chuqurlatma oshlash qobiliyatiga formaldegid ega. Bu 
oshlovchi, boshqa oshlovchilardan kichkina molekulyar og‘irligi 
bilan farq qiladi. Oshlovchilar dermaga joylashib, kollagen qutbli 
guruhlari bilan ko‘ndalang bog‘lanishlar hosil qiladimi yo, yo‘qmi 
degan savol tug‘iladi. Bunga javoban shunday deyish mumkin. Ha, 
oshlashda bir vaqtning o‘zida kollagen struktura elementlarida ichki 
molekulyar va molekulalararo bog‘lanishlar hosil qiladi. Bunda 
oshlovchi moddalar nafaqat bog‘lanishlar hosil qiladi, balki suvda 
erimaydigan moddalar kollagen strukturalarida o‘tirib qoladi. Bu 
esa, Charm uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday holat ko‘proq 
o‘simlik oshlovchilar bilan oshlashda va sirkoniy mineral 
oshlovchilar bilan oshlashda vujudga keladi. Oshlashgacha qadar 
derma strukturasida bir necha ko‘ndalang bog‘lanishlar mavjud 
bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar oshlash jarayonida o‘zini qanday tutadi va 
qanday o‘zgaradi, degan savol tug‘iladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu 
bog‘lanishlar ba’zida susayadi yoki uziladi. Bu holat ko‘pincha 
oshlovchi moddalarning kimyoviy tabiatiga va oshlashning olib 
borilish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bog‘lanishlarning sxemada ko‘rinishi

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish