O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

5.3. Terilarni konturlash 
Terilar 
ishlov 
berilgan 
paytda 
asosan 
mexanik 
operatsiyalardan keyin, qo‘ltiq osti terilari, qo‘l, bo‘yin, dum terilari 
har tomondan cho‘zilib, kesilib qirqimlar hosil qilishi mumkin. Bu 
ortiqcha qismlar keyingi ishlov berishni qiyinlashtiradi, shuning 
uchun ham keyingi ishlov berishdan oldin terilarni konturlarini 
tekislash uchun qo‘l pichoqi bilan ortiqcha narsalar kesib tashlanadi. 
Bu jarayonni teri yuzasini tozalash paytida ham bajarish mumkin. 


102 
VI bob. OSHLASH JARAYONI HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHA VA UNING MUHIM KO‘RINISHLARI 
Respublikamizning charm ishlab chiqarish sanoatida oshlovchi 
moddalar eng kerakli va juda ko‘p miqdorda ishlatiladi. Charm 
ishlab chiqarish zavodi 98% oshlovchi moddalarni chetdan, ya’ni 
import qilib olib keltiradi. 
Oshlash jarayoni charm sanoatida eng muhim jarayon, ya’ni 
fizik-kimyoviy jarayon hisoblanadi. Oshlash jarayonida terining 
derma strukturalari shakllanadi, natijada teri charmga aylanadi.
 
6.1. Oshlash jarayonida derma xossalarining o‘zgarishi 
Oshlash jarayonida derma strukturasida shunday o‘zgarishlar 
vujudga keladiki, bu o‘zgarishlar chiriydigan terini chirimaydigan 
xususiyatga aylantiradi. Terini oshlashda u charmga aylanishida 
uning teri to‘qimasi bir qator yangi xususiyatlarga ega bo‘ladiki, bu 
xususiyatlar oshlashga qadar bo‘lmagan edi.
Oshlash jarayonida derma quyidagi muhim xususiyatlarga ega 
bo‘ladi: 
1) dermaning issiqlikka chidamliligi oshadi; 
2) dermani quritishda, uning hajmi, maydoni va qalinligi 
kam tortiladi; 
3) strukturalarning g‘ovakligi oshadi; 
4) dermaning suvda bo‘kishi kamayadi; 
5) erkin holatda charmni cho‘zganda, uning mustahkamligi 
oshadi; 
6) suvli holatda dermaning deformatsiyalanish darajasi 
pasayadi; 
7) fermentlar va boshqa, gidrozlanadigan agentlar ta’sirida 
dermaning mustahkamligi oshadi;
8) derma mikrostrukturalarining yopishqoqligi pasayadi; 
9) charmning eyilishga chidamliligi oshadi (qattiq charmlar 
uchun). 


103 

Download 1,97 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish