O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

5.1.10. Yog‘sizlantirish 
Agar terida yog‘ miqdori juda ko‘p bo‘lsa va u notekis 
joylashgan bo‘lsa, bu ishlov berishga xalaqit beradi. Teri 
to‘qimasini kesib ko‘ndalang kesimini tekshirganimizda yog‘ 
miqdori baxtarma qismida ko‘proq bo‘lishini ko‘ramiz. Teri 
tarkibidagi yog‘ moddalari charm va mo‘ynani ranglashda xalaqit 
beradi. Mo‘ynaga ishlov berishda jun yog‘li bo‘lsa, ranglashda har 
xil dog‘lar paydo qiladi. Junlarni yog‘li joylari ranglanmaydi. Agar 
teri tarkibida yog‘lar ko‘p bo‘lsa, unda bu yog‘lar kislorod bilan 
reaksiyaga kirishib, oksidlanib teri mustahkamligini pasaytiradi. 
Shuning uchun ham yog‘sizlantirish muhim rol’ o‘ynaydi. 
Mo‘yna ishlab chiqarishda, mo‘ynani yog‘sizlantirishda 
mo‘yna bir-biridan ajralib, junida yaltiroqlik paydo qiladi. Teri 
tarkibidagi yog‘lar tekis yoyiladi. Yog‘sizlantirishdan keyin junni 
tarkibida, 1,5–2 % yog‘ miqdori bo‘ladi. Agar bu yog‘ miqdorini 
olib tashlasak, mo‘ynaning sifati yomonlashadi va uning yaltiroqligi 
yo‘qolib, quruq va sinuvchan bo‘ladi. Bundan tashqari, uning 
ishqalanishga chidamligi yo‘qoladi. 
 
5.2. Tayyorlov sexlarida mexanik operatsiyalar 
Mexanik operatsiyalar charm va mo‘yna mahsulotining 
sifatiga katta ta’sir etadi. Lekin uning ta’siri kimyoviy jarayonlar 
ta’siriga nisbatan kamroqdir. Mexanik operatsiyalarga quyidagilar 
kiradi:
1. Teri ustidagi junni mexanik usulda qirqib olish. Masalan, 
echki va qo‘y terilarining juni uzun bo‘lsa, uni qirqib olib keyin bu 
terilarni charm olish uchun ishlatiladi. Sochlarni qirqqandan keyin, 
qoldiq sochlarini charm olish jarayonida, ya’ni kul suvi bilan ishlov 
berishda butunlay yo‘qotish kerak. Natijada, kul suvi suyuqligida 
Na
2
S (natriy sul’fit) kontsentratsiyasi yuqori bo‘lishi kerak.


96 
Terilardan junlarni qirqish esa elektr mashinkalar orqali olib 
boriladi. Bu junlarni to‘qimachilik sanoatida sifatli xomashyo 
darajasida ishlatish mumkin. 
2. Cho‘chqa terisidagi junlar qalin bo‘lganligi sababli ularni 
teridan ajratish ancha qiyin. Bu junlarni Kolesnikov mashinasida 
yulib olish mumkin. Cho‘chqa terilarini alohida transportyorlarga
junli tomonini yuqoriga qo‘yib, alohida reshyotkalarda junlari yulib 
olinadi. 
3. Mexanik operatsiyalardan biri, bu teridagi junlarni 
mustahkamligini pasaytirgandan keyin, ularni jun ajratish mashinasi 
bilan tozalashdir. 
4. Mezdradan tozalaydigan mashinalarda teri osti to‘qimalarini 
ajratib olish. 
5. Terini qalinligiga nisbatan ikki va ulardan ko‘proq qavat-
larga bo‘lish (dvoenie).
6. elementlarga ajratish. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish