• Achitish usulining kamchiliklari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

     
    5.1.9. Achitish 
    Arpa suvi bilan ishlov berish. Bu usul ancha qiyin va 
    murakkab bo‘lib, bunda biokimyoviy jarayonlar boradi. Bu usulga 
    o‘xshagan usullarni non achitqilari bilan ishlov berish ham deyiladi. 
    Ba’zi vaqtlarda "kvaslash" deb ham yuritiladi. Bu usul qo‘y, echki 
    va mollar terisiga ishlov berishda ishlatilmaydi. Chunki pikellash 
    usuli joriy etilgandan keyin, u kvaslash usulini siqib chiqardi. 
    Hozirda bu usul asosan qorako‘l terilari va olmaxon terisiga ishlov 
    berishda ishlatiladi. Kvaslash usulining afzalliklari shundaki, bu 
    usul natijasida yuqori sifatli mahsulot olinib, uning mexanik 
    mustahkamligi pasaymaydi va terining plastikligi saqlanib qoladi. 
    Achitish usulining kamchiliklari, bular asosan jarayonning 
    davomiyliligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishi hamda 
    jarayonni nazorat qilinishning qiyinchiligi hisoblanadi. Kvaslash 
    suyuqligi quyidagicha tayyorlanadi. Juda ham maydalanmagan 
    arpani 40
    0
    С darajadagi suvga solib, uni 12 soat ushlab turiladi. 
    Natijada, bu mahsulot achiydi. Keyin unga osh tuzi bilan birga un 
    qo‘shiladi va achish natijasida oqsillar va uglevodlar parchalanib 
    organik karbon kislotalar hosil qiladi. Natijada, sut kislotasi 3–5 g/l 
    va gaz holatidagi mahsulotlar hosil bo‘ladi. Qandli moddalar 
    quyidagicha parchalanadi:
    dalari
    gaz
    kislotalar
    organik
    glyukoza
    maltoza
    Kraxmal
    mod
    \
    /


     
    Bundan tashqari, achitqi suyuqlikka havodagi bakteriyalar 
    aktiv ta’sir ko‘rsatib, spirtlar va mog‘or qoldiqlari hosil qiladi. 
    Yarimmahsulotni achitish natijasida: 
    1. Fermentlar ta’sir etadi.
    2. Organik kislotalar ta’sirida pikellanadi. 
    3. Teri to‘qimasi yumshaydi. 


    80 
    Fibrillar esa alohida-alohidaga ajraladi. Bunga gazlarning 
    paydo bo‘lishi qo‘shimcha yordam beradi. Bundan tashqari, achitish 
    natijasida jun bilan teri to‘qimasidagi bog‘lanish susayadi va bu 
    achitish jarayonining tugashini bildiradi. 
     

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish