• 2. Pikel tarkibi va kontsentratsiyasi.
  • 3. Harorat.
  • Pikellashga ta’sir etuvchi omillar




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Pikellashga ta’sir etuvchi omillar 
    1. Teri to‘qimasining qalinligi va zichligi. Teri to‘qimasi 
    qancha zich joylashgan va qalin bo‘lsa, pikellash jarayoni shuncha 
    uzoq davom etadi. Bu shundan darak beradiki, teri topografiyasiga 
    bog‘liq holda terini ich qismida kislota va tuz singishi har xil 
    bo‘ladi. Bu esa oshlash jarayonini borishiga ham ta’sir etadi. 
    Bundan tashqari, kulsizlantirish jarayoni qanday borgani ham ta’sir 
    qiladi. Agar kulsizlantirish yaxshi olib borilmagan bo‘lsa teri 
    qatlamlarida ishqor qolib ketadi va bir qism kislota uni neytrallash 
    uchun sarf bo‘ladi. 
    Mo‘yna olish paytida esa teri qalinligi va zichligidan tashqari 
    junning ko‘pligi, uzunligi, uning yumshoqligi pikellashga ta’sir 


    77 
    qiladi. Agar jun uzun va qalin joylashgan bo‘lsa kislota ham 
    ko‘proq sarf bo‘ladi.
    2. Pikel tarkibi va kontsentratsiyasi. Agar pikel suyuqligida 
    osh tuzi ko‘p bo‘lsa teri sifati pasayadi va yupqalashadi. Agar 
    kislota miqdori ko‘p bo‘lsa pH kamayib ketadi. Yarimmahsulot 
    kattalashib, olingan charm esa cho‘ziluvchan bo‘ladi. Charm olish 
    uchun kislota sifatida H
    2
    SO
    4
    ishlatiladi va ba’zi hollarda esa HCl 
    ishlatiladi. Mo‘yna olish sanoatida sul’fat va sirka kislota ishlatiladi. 
    Lekin bularning har birining teriga ta’siri bir-biridan farq qiladi. 
    Masalan, sul’fat va sirka kislotani bir xil kontsentratsiyada olib
    terilar ishlov berilganda, sirka kislotasi bilan ishlov berilgan terining 
    rN i nisbatan katta bo‘lar ekan.
    Buning sababi, sirka kislota teri to‘qimalariga asta-sekinlik 
    bilan kirib bir xil, H
    2
    SO
    4
    esa teri to‘qimalariga har xil joylashishida 
    ekan. 
    3. Harorat. Pikellash asosan 18–20°С darajadagi haroratda 
    olib boriladi. Agar mo‘yna olinadigan bo‘lsa, buning harorati 
    yuqoriroq, ya’ni 35 yoki 38
    0
    S da olib boriladi. Amaliyotdan 
    ma’lumki, 25–35
    0
    С oralig‘idagi harorat pikellashga ta’sir etmaydi. 
    Ya’ni kislota va tuzlarning singishi o‘zgarmaydi. Harorat oshishi 
    bilan pikellash tezlashadi, lekin ma’lum qiymatdan oshirish ishlab 
    chiqariladigan charmning mustahkamligini kamaytiradi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish