• Kulsizlantirish jarayonining amalda bajarilishi
  • 5.1.6. Yumshatish Yumshatishning maqsadi
  • Kulsizlantirish jarayonini nazorat qilish




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Kulsizlantirish jarayonini nazorat qilish 
    Kulsizlantirishda asosan muhit harorati, pH, S.K va apparat 
    ishlash davri tekshirib turiladi. pHni aniqlashda asosan teri 
    to‘qimalarida fenolftalein eritmasi ta’sir etib bilish mumkin. 
    Fenolftalein terining dumg‘aza qismidan olingan namunani 
    ko‘ndalang kesimiga tomiziladi. Agar teri to‘qimasi rangsiz qolsa, 
    unda uning teri to‘qimasidagi pH =8,9 kam bo‘ladi. Bu uncha kuchli 
    indikator emas. Kiev texnologiya institutida indikator sifatida nikel’ 
    dimetilglioksim ishlatilgan.
     


    73 
    Kulsizlantirish jarayonining amalda bajarilishi 
    Poyabzalning yuqori qismini ishlab chiqarishda kulsizlantirish 
    jarayoni amalda quyidagicha olib boriladi:
    1. Kul suvi bilan ishlov berilgandan keyin teri to‘qimasi harorati 
    37–38

    С issiq suv bilan yuviladi.
    2. Kulsizlantirish uchun teri to‘qimasi og‘irligidan 1,5 foiz 
    sul’fat ammoniy olinib, shu eritma bilan 20 daqiqa yuviladi. 
    Undan keyin shu vannani o‘zida yumshatish jarayonini olib 
    borish mumkin. 
    Poyabzalning ostki charmini olishda quyidagicha kulsizlan-
    tiriladi:
    1. Teri to‘qimalari yuviladi. 
    2. 25–27

    С tarkibida 1,5 foiz sul’fat ammoniysi bo‘lgan (teri 
    to‘qimasiga nisbatan) eritmada terilar yuviladi. 
    Poyabzalning ostki qismi uchun charm olishda yumshatish 
    jarayoni olib borilmaydi. Shuning uchun kulsizlantirish jarayonini 
    tugashini organoleptik usul bilan tekshiriladi. 
    5.1.6. Yumshatish 
    Yumshatishning 
    maqsadi, 
    teri 
    to‘qimasi 
    tarkibidagi 
    yiringlarni, 
    tolalararo 
    moddalarni, 
    biriktiruvchi 
    to‘qimalar 
    qoldig‘ini yo‘qotishdan hamda kollagenni yumshatib, qolgan 
    yog‘larni emulsiyalashdan iborat. 
    Hozirgi vaqtda yumshatish jarayoni ko‘pincha kulsizlantirish 
    bilan birga olib boriladi. Yumshatishda teri to‘qimasi suvli eritmada 
    fermentlar bilan qisqa muddatda ishlov beriladi. Bunda kollagen 
    strukturasida o‘zgarishlar vujudga keladi. Teri to‘qimasining 
    plastikligi oshadi, terida qolgan ortiqcha oqsil moddalar yuviladi va 
    soch xaltachalardagi chirigan moddalardan teri yuzasi tozalanadi. 
    Buning oqibatida, teri yuzasi silliqlanadi.
    Yumshatish jarayonini olib borishda qoramollar oshqozoni teri 
    osti bezlaridan olinadigan pankreatin ishlatiladi. Bu preparat 
    oshqozon teri osti bezlarini sirka kislotasi yordamida ekstraktsiya 
    qilinib olinadi. Bu preparatning nomi texnik pankreatin deb 
    yuritiladi. Preparatning eng yaxshi navi sariq rangda bo‘ladi va u 
    tripsin deb yuritiladi.


    74 
    I.S.Shestakova yumshatish jarayoni bo‘yicha ilmiy tadqiqot 
    ishlarini olib borgan va charm ishlab chiqarish amaliyotida 
    tripsinning kollagenga ta’sirini o‘rgangan. Tripsin ko‘pincha ilmiy 
    tadqiqot ishlarni olib borishda ishlatiladi. Moskva charm sanoati 
    ilmiy tekshirish institutida "orizon" degan ferment ishlab chiqilgan. 
    U asosan mog‘orlardan ajratib olinadi. 
    Yumshatish jarayonida terining pishish harorati asosan 
    o‘zgarmaydi. Bunda parchalangan oqsillar ajralib chiqadi. 
    Yumshatish sifatida G-3X protosubtilin ham ishlatiladi. U 
    proteolitik 
    aktivlikka 
    ega. 
    Lipolitik 
    va 
    elastolitik 
    ta’sir 
    ko‘rsatmaydi. G-3X protosubtilinni, boshqa preparatlar bilan birga 
    ishlov berish yaxshi natijalarni beradi. 
    Yumshatish jarayoni 37–38
    0
    С haroratda olib boriladi. Bunda 
    fermentlarning aktivligi oshadi. Fermentlarning aktivligi teri 
    to‘qimasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bilan aniqlanadi. Miqdoran 
    aktivlik, standart sharoitda oqsilning chidamligi darajasi bo‘yicha 
    aniqlanadi. Ya’ni shartli birlik qilib, 0,1 N li o‘yuvchi natriyning ml 
    eritmasi olingan. Yumshatuvchi preparatlarni dozirovkasini 
    osonlashtirish uchun 1 grammga to‘g‘ri kelgan, son birligi bo‘yicha 
    aktivlik hisoblanadi.
    Agar harorat 55

    С ga ko‘tarilsa, ferment aktivligi pasayadi. 
    Fermentlarni teri to‘qimasiga ta’siri oqsillar ularni qanchalik aktiv 
    singdirishiga bog‘liq bo‘ladi. Yumshatish jarayoni asosan baraban-
    larda olib boriladi. Jarayonni olib borishda harorat, suyuqlik 
    koeffitsienti doimo nazorat qilinib turiladi. Yumshatish jarayoni-
    ning suyuqlik koeffitsienti 1–2 da ishlov berish olib boriladi. Agar 
    bularga rioya qilinmasa terining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi 
    mumkin. Masalan, yumshatish jarayoni uzoq muddatda olib borilsa, 
    teridan ko‘proq oqsillar ajralib chiqadi va teri po‘kak bo‘lib qoladi 
    va mustahkamligi pasayadi. 
    Agar yumshatish jarayoni yaxshi olib borilmasa va kam 
    muddatda olib borilsa terining silliqligi kamayadi va teri yuzasi 
    silliq bo‘lmaydi. 
     

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kulsizlantirish jarayonini nazorat qilish

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish