Kullash jarayonida dermaning o‘zgarishi




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Kullash jarayonida dermaning o‘zgarishi 
Kullash jarayonida kullash suyuqligi bilan kollagen o‘rtasida 
kimyoviy jarayon amalga oshadi, uni sxemada quyidagicha 
ko‘rsatish mumkin: 
O
H
NH
Me
COO
R
MeOH
NH
COO
R
2
2
3
\
/
\
/







Kul suvi bilan ishlov berishda, teri tarkibidagi oqsillar o‘z 
tarkibini o‘zgartiradi. Ya’ni osmotik omillar ta’sir etib, derma 
ishqorda bo‘kadi. Bu holatni yuqorida keltirilganidek kimyoviy 
texnologiyada najor deb yuritiladi. Najor ko‘p hollarda ishlatilgan 
ishqorlar tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kullashda faqat ohakli 
suv ishlatilsa, najor kam bo‘ladi. Ohakli suv bilan sul’fid natriy 
aralashmasi ishlatilsa, najor kuchli bo‘ladi, chunki Kal’siy ionlari 
kollagenning ikkita karboksil guruhi bilan bog‘lanib molekulalararo 
bog‘lanish hosil qiladi. 
Kullash jarayonida teri tarkibidan har xil oqsillar yuvilib 
chiqadi. Kul suvida ishlov berishni uzoq muddatda olib borishda, 
kul suvi tarkibida tuz va ammiak hamda oqsillar qoldiqlari 
ko‘payadi. Bu esa, o‘z navbatida najorning kamayishiga olib keladi. 
Agar ikkilangan teri to‘qimasini bo‘ktirsak, teri orasidagi oqsillar 
yuvilib ketib, teri to‘qima fibrillari alohida-alohida ajraladi. 
Natijada, bunday terilarga oshlovchi moddalar kirishi osonlashadi.
 


68 
Kul suvi bilan ishlov berishda ba’zi omillarning ta’siri 
Kul suvida ishlov berishda quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
– konservalash usuli; 
– ivitish jarayonining to‘la o‘tkazilganligi; 
– ishlov berish suyuqligining harorati; 
– reagentlar kontsentratsiyasi; 
– suyuqlik koeffitsienti; 
– mexanik ta’sir; 
– ishlov berilgan suyuqlik yoshi. 
1. Kul suvida ishlov berishni olib borishda terilarning 
konservalangan usuli va ivitishni to‘la olib borilgani ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Agar terilar yaxshi ivitilmagan bo‘lsa, kullash jarayonida 
terilar yuzasi tortilib, uning sifati buziladi.
2. Yangi tayyorlangan suyuqlik bilan kul suvida ishlov berish 
bilan ishlatilgan suyuqlikda ishlov berish bir-biridan farq qiladi. 
Ishlatilgan suyuqlikda, tuz, ammiak va aminlarni bo‘lishi 
junsizlantirishni osonlashtiradi va bu jarayon tez boradi. 
3. Kul suvida ishlov berishda haroratni oshirish bilan ishlov 
berish tezlashadi, lekin oqsillarning yuvilishi oshadi.
4. Mexanik ta’sir kul suvi bilan ishlov berishga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ishlov berish asosan barabanlarda olib boriladi, bu bilan 
ishlov berish kontsentratsiyasi suyuqlikda, bir xil bo‘ladi va 
mexanik ta’sir yordamida junsizlantirish tezlashadi.
5. Kul suvida ishlov berishda ishlab chiqariladigan charm 
turiga e`tibor beriladi. Chunki ishlov berish uzoq muddatda olib 
borilsa, ishlab chiqariladigan charm yumshoqroq bo‘lib chiqadi. 
Haddan tashqari uzoq muddatda kullashni davom ettirishda teri 
po‘kak bo‘lib, uning mustahkamligi pasayib ketishi mumkin.
6. Ishlov berish vaqtida ohak suvining dispersligiga katta 
e`tibor beriladi, chunki bundan ohak suvining shimilishi bog‘liq 
bo‘ladi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kullash jarayonida dermaning o‘zgarishi

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish