• 2. Terining jun tomoniga reaktivlarni
  • 3. Fermentativ junsizlantirishda
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    1. Terining alohida kameralarda ma’lum harorat ta’sirida 
    saqlash natijasida (albatta namlik ham oshgan bo‘lishi kerak), 
    bakteriyalar aktivlashadi va ular soch xaltachalariga ta’sir qiladi. 
    Bakteriyalar ta’sirida teri yuzasi ham yomon bo‘lishi mumkin, 
    shuning uchun bu usul juda ham kam ishlatiladi. Bu usul bir vaqtlar 
    mo‘yna olish uchun ishlatilar edi. Juda ham sifatli mo‘yna olish 
    uchun ingichka va mayin sochlar alohida, yo‘g‘on va mustahkam 
    sochlar alohida ajratilib olib ishlatiladi. 
    2. Terining jun tomoniga reaktivlarni surtish uchun asosan 
    CaO va Na
    2
    S suspenziyasi ishlatiladi. Jun tomonida reaktivlarni 
    surtganda ular junga ta’sir etib uni eritib yuboradi va jun butunlay 
    yo‘qoladi. Bu usul qo‘y va echki terilariga ishlov berishda 
    qo‘llanilmaydi va boshqa terilarga ishlov berishda kam 
    foydalaniladi. Buning asosiy sababi shuki, jun butunlay yo‘qotiladi.
    3. Fermentativ junsizlantirishda asosan triptin guruhdagi 
    fermentlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda esa, aspalgen guruhdagi 
    fermentlar ko‘proq ishlatiladi.
    4. Terilarning ag‘darma tomoniga reaktivlarni surkash
    ancha qulay va eng ko‘p ishlatiladi, chunki bunda reaktivlar junga 
    ta’sir etmaydi va ular asta-sekin ag‘darma tomonidan diffuziyalanib, 
    soch xaltachalarga kirishi natijada sochning teri to‘qima orasidagi 
    bog‘lanishlarini susaytiradi va osongina jun ajraladi. Bu usul asosan 


    66 
    echki, qo‘y terilaridan olinadigan charmlar uchun ishlatilishi 
    mumkin. Suspenziyalar bilan ishlov berishda, alohida surkovichlar 
    bilan qo‘l kuchi yordamida ishlov beriladi. Suspenziya tarkibi Na
    2

    35–75g/l, CaO 140–150g/l bo‘ladi. Bu suspenziya terining 
    ag‘darma tomoniga surtilib terilar bukilib, balandligi 40 sm gacha 
    bo‘lgan taxmonlar hosil qilib, 5–14 soatgacha saqlanadi. Bu usul 
    yaxshi natijalar bersada, ammo mehnat muhofazasini qiyinlashuvi, 
    sanitariyaga zid muhitni hosil bo‘lishi va ko‘p ishlar qo‘lda 
    bajarilishi kabi kamchiliklari ko‘p.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish