69
2. Charmning bug‘ va havo o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi.
3. Terining yumshoqligi va qattiqligi o‘zgaradi.
4. Kullashni uzoq muddatda olib borish oshlovchi moddalarni
yaxshi diffuziyalanishiga yordam beradi.
Kullash nuqsonlari
Kullash jarayonini noto‘g‘ri olib borishda hosil bo‘ladigan
nuqsonlar:
– teri yuzasi tortilishi yuzaga keladi;
– terining har xil qismida najor turlicha bo‘lsa, ishlab
chiqariladigan charmning sifati buziladi;
– kullash muddatini kerakligidan ko‘p o‘tkazish;
– teri yuzasi va o‘rtasi har xil najorda bo‘lsa, charm
juda ham po‘kak bo‘lishi ;
– oqsil moddalarning ko‘p yuvilib ketishi va teri yuzasi
ko‘p vaqt tortilishi natijasida keyingi ishlatilish
davrida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kul suvi bilan ishlov berishning amalda bajarilishi
Asosiy kul suvi bilan ishlov berishning ikki turi mavjud:
1. Yangi tayyorlangan kul suvi bilan ishlov berish ya’ni terini
bo‘kishida katta najor hosil qilish.
2. Bir necha marotaba ishlov berilgan "eski"
kul suvi bilan
ishlov berish. Bundan asosiy maqsad teri bilan junning
bog‘lanishini susaytirish va junni teri to‘qimalaridan ajratib olish.
Bu ikki turni ham ishlatish uchun ko‘pgina
zavodlarda uch
hovuzli jarayonlar bajariladi.
Poyabzal tagcharmi ishlab chiqarishda kul suvi bilan ishlov
berish osma yoki ramali barabanlarda olib borilishi mumkin.
Tagcharm ishlab chiqarishda kullash jarayonining asosiy
parametrlari
CaO 10–12 g/l.
Na
2
S 0,6–0,8 g/l.
S.K.– suyuqlik koeffitsienti 3–5.
Jarayonning davomiyligi 72–76 soat.
Harorat 20+20
0
C.
Agar harorat 27–30
0
С ga ko‘tarilsa, jarayonning
davomiyligi
ikki marotaba qisqaradi.
70
Ishlov beriladigan suyuqlik vaqti-vaqti bilan almashtirilib
uning kontsentratsiyasi bir maromga keltiriladi.
Poyabzal ustki charmini ishlab
chiqarishda ikki usul bilan
ishlov berish mumkin:
1) junni ajratish va kul suvi bilan ishlov berishni birga olib
borish;
2) junsizlantirishni surtish usuli bilan olib borib, undan keyin esa
yangi tayyorlangan kul suvi bilan ishlov berish.