• 5. Suyuqlik koeffitsienti.
  • 5.1.8. Tuzli suv bilan ishlov berish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    4. Jarayonning davomiyligi. Jarayon davomiyligi asosan 
    terining qalinligiga bog‘liq bo‘ladi, jarayon uzoq muddatli bo‘lsa, 
    bunda kislotaning kollagen bilan bog‘lanishi ko‘payadi. Teri 
    to‘qimalarining fibrillarga ajralishi yaxshi bo‘ladi, lekin teri 
    to‘qimasi g‘ovak bo‘lib, uning cho‘ziluvchanligi oshadi. 
    5. Suyuqlik koeffitsienti. S.K bilan pikellashga ishlatiladigan 
    suyuqlikning kontsentratsiyasi juda bog‘liqdir. Agar xrom charmlari 
    ishlab chiqariladigan bo‘lsa suyuqlik koeffitsienti 0,7–0,8 ga, 
    tagcharmi uchun 1–1,2, mo‘yna olishda esa 7–10 ga teng bo‘ladi.
    Qo‘y terini mo‘ynaga ishlatilganda suyuqlik koeffitsienti 7 ga 
    teng, quyon terisi ishlatilganda suyuqlik koeffitsienti 8 ga teng. 
    Hozirgi paytda pikellashni oshlash jarayoni bilan birga olib borish 
    ham mumkin. Bir necha sinashlar paytida shu aniqlanganki, 
    pikellash oshlashdan 15–20 daqiqa oldin olib borilsa, yaxshi 
    natijalarni berar ekan, ya’ni pikel suyuqligida 15–20 daqiqa ishlov 


    78 
    berilgandan keyin oshlovchi moddalar bilan ishlov berilsa, oshlash 
    jarayoni 6–8 soat davom etar ekan. 
    Mo‘yna sanoatida esa bosqichli pikellash usuli ishlatiladi. 
    Bunda kislota bilan ishlov berish bir necha bosqichda olib borilib, 
    1g/l kontsentratsiyada boshlanib, 8 g/l kontsentratsiyada tugatiladi. 
    Ko‘p joylarda shu usul bilan pikellashni achitish usuliga 
    almashtirishi mumkin. 
    5.1.8. Tuzli suv bilan ishlov berish 
    Teri to‘qimalarini yuqori kontsentratsiyali tuzli suv bilan 
    ishlov berish natijasida teri to‘qimasidagi suvlar siqib chiqariladi va 
    fibrilla strukturalari kichiklashadi. Struktura elementlararo oraliq 
    kattalashadi. Buning oqibatida, bunday terilarni oshlamasdan 
    quritilganda ham u charmga o‘xshagan bo‘ladi. 
    Teri to‘qimalarini tuzli suv bilan ishlov berilgandan keyin 
    oshlash jarayoni osonroq kechadi. Bunda teri to‘qimasida kislota 
    bo‘lmasa, oshlovchi moddalarning asosligi kam bo‘lib, xrom 
    oshlovchi moddalarning diffuziyalanishi oson bo‘ladi. Biroq, baribir 
    bu usul kam ishlatiladi, chunki oshlash jarayonida kislota bilan 
    ishlov berish shart va zarur. Hozirgi paytda tuzli suv bilan ishlov 
    berishda tuzlar-dan asosan ammoniy va natriy sul’fat yoki natriy 
    xlorid 
    ishlatiladi. 
    Ammoniy 
    va 
    natriy 
    sul’fat 
    tuzlari 
    kontsentratsiyasi 100 g/l bo‘lishi mumkin. Xromli charm ishlab 
    chiqarilganda, ammoniy sul’fat teri to‘qimasi massasiga nisbatan 4 
    %ni tashkil qiladi, ishlov berish harorati 20–22

    С, S.K –0,7, 
    jarayon muddati 1,5 soatni tashkil etadi. Poyabzal tagcharmi ishlab 
    chiqarilganda esa, tuzli suv bilan ishlov berish faqat ohiyali terilar 
    uchun ishlatilib, ammoniy sul’fat teri to‘qimasiga nisbatan 9 foiz 
    sarflanadi. S.K – 0,9, harorat 20–23

    С, jarayon muddati 5 soat, pH 
    6–6,5 ni tashkil etadi. Yuqori kontsentratsiyali tuz bilan ishlov 
    berish pikellashga nisbatan ba’zi afzalliklarga ega: 
    1) davomiyligi kam bo‘lib, oshlov jarayonini tezlashtiradi; 
    2) jarayonni nazorat qilish osonroq, ammo oshlash jarayonini 
    tuz bilan ishlov berishdan ko‘ra qiyinroqdir, chunki bu 
    jarayonni nazorat qilish ancha qiyin; 
    3) tuzli suv bilan ishlov berilganda teridan oqsillarning ajralib 
    chiqishi ancha kamayadi; 


    79 
    4) tuzli suv bilan ishlov berilganda teri to‘qimalarining 
    suvsizlanishi vujudga kelib, oqibatda terilarning tortilishi 
    natijasida uning yuzasi kamayadi va ancha qalinlashadi. 
    Ko‘pincha bu usul mustahkam shevret olish uchun 
    ishlatiladi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish