100
Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni
shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi.
Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy
hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini
taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular
orasidagi nisbatlar orqali
o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi.
Bu ta`rifda «hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli
ko`rsatkichlari» degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki
undan ortiq holatlar orasida ma`lum
jarayon kechadi, indekslar esa o`sha
jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni
ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar,
mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan
(rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak,
indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi.
Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi.
Hodisalar to`plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan
tarkib topadi, ularning o`zgarishlari har xil me`yorlarda kechadi.
Indeks usuli
ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o`rtacha o`zgarish me`yori
sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funktsiyasini
bajaradi.
Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o`zgarishida
boshqa omil-
hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak,
indekslar analitik funktsiyani ham bajaradi.