O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/124
Sana13.05.2023
Hajmi8.76 Mb.
#59367
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
Bog'liq
MATERIALLARNI TEXNOLOGIK
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
 
 
 
 
 


23 
2.2. Transportlovchi vositalarning ishlab chiqarishdagi ahamiyati 
Korxonalardagi transportlar xizmat qilish joyiga ko’ra tashqi, ichki 
va tsexlararo transportga bo’linadi. Tashqi transport iste’molchilar va 
ta’minlovchilar 
bilan 
aloqa 
bog’lashga 
xizmat 
kiladi. 

ta’minlovchilardan korxonaga xom ashyo, ishlab chiqarishga zarur 
materiallarni olib kelish bilan birga korxonalardagi omborlardan tayyor 
mahsulotlarni iste’molchi-larga yetkazib ham beradi. Tashqi transport 
vositasi sifatida avtotransport, temir yo’l transporti, havo transporti va 
ba’zi hollarda suv transportidan ham foydalaniladi. 
TSexlararo transport vositalari materiallarni, yarim fabrikatlarni 
tsexlararo tarqatish va ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan 
chiqindilarni va tayyor mahsulotlarni belgilangan joyga transportirovka 
qilishda qo’llaniladi. 
Korxona ichida davriy va uzluksiz ishlaydigan transport 
vositalaridan foydalaniladi. Davriy ishlaydigan transport vositalariga 
avtomobillar, traktorlar kiradi. Uzluksiz transport vositalariga esa turli 
xildagi konveyerlar, yopiq quvurlar, pnevmo- va gidrotransport
vositalari kiradi. 
Transport xizmati va transportlovchi mashinalar ko’pchilik 
korxonalar faoliyatida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Tashiladigan 
yuklarning katta qismi korxona tashqi transport vositalari, temir yo’l va 
avtomobil transporti, turli xil konveyerlar orqali amalga oshiriladi. 
Kimyo va qurilish materiallari sanoatida yuqorida aytib o’tilgan 
transportlardan tashqari, ichki transport xizmati vositalari, yopiq 
quvurlar – uzoq masofaga quvurlar orqali suyuqlik va gaz uzatadigan 
qurilmalar, pnevmotransport (kukunsimon materiallarni qisilgan havo 
yordamida transportlovchi qurilma) va gidrotransport (xom ashyo va 
materiallarni suyuklik yordamida tashuvchi) vositalari orqali amalga 
oshiriladi. 
Korxonalarda texnika va texnologiyaning rivojlanishi va ular ish 
faoliyatining takomillashishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini 
kompleks avtomatlashtirish, korxona transport xo’jaliklarini to’xtovsiz 
va doimo bir me’yorda ishlab turishi kabi muhim omillar samarasini 
oshiradi. 
Hozirgi vaqtda korxonalardagi transport vositalari quyidagi muhim 
vazifalarni bajaradi: 
1. Asosiy va yordamchi tsex va uchastkalarni moddiy – texnika 
manbalari va xom ashyo bilan ta’minlash. 


24 
2. Yuklarni ortish-tashish va tashish jarayonlarini mexanizatsiya va 
avtomatizatsiya yordamida bajarish. 
3. Transportlovchi vositalardan unumli foydalanish, transport 
xo’jaligida band bo’lgan ishchilarni mashina va jihozlarni unumdorligini 
doimo o’stirib borish bilan birga sarf-harajatlarini kamaytirish. 
4. Texnologik jarayon va transport xizmati o’rtasidagi o’zaro 
aloqani tashkil etish va ta’minlash. 
Yuklarni transportirovka qilish yo’nalishiga qarab transport 
vositalari gorizontal, vertikal yo’nalishda harakatlanishi mumkin. 
Transport vositalaridan foydalanish, yuk ortish va tushirish ishlari og’ir 
va sermehnat jarayonlar guruhini tashkil etib, ularni mexanizatsiyalash 
va avtomatlashtirish katta ahamiyatga ega. Korxona ichki transport 
xizmati ishlarini to’g’ri va maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish 
natijasida mahsulot tannarxi pasayib, korxona texnik-iqtisodiy 
ko’rsatgichlari yanada yaxshilanadi. 


25 

Download 8.76 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov

Download 8.76 Mb.
Pdf ko'rish