25
Generatorga kirayotgan vodorodning havo bilan aralashmasi (4,1 %
dan to 74 % gacha, moy bug‘i ham qo‘shilganda 3,3 % dan to 81,5 %
gacha) portlash xavfi bo‘lgan
aralashma hosil qiladi, shuning uchun
vodorod bilan sovitiladigan mashinalarda stator korpusining gaz
o‘tkazmasligining orttirish uchun, valni moyli tig‘izlagichlar bilan,
stator
va rotorning chulg‘amiga tok o‘tkazuvchilarni zichlab, gaz, sovituvchining
qopqog‘ini zichlab, lyuklarni, yon tomondagi olinuvchi to‘siqlarning zich
yopilishi kerak. Gazning tashqariga chiqishining ishonchli to‘suvchi moyli
zichlagich bilan generator valining tig‘izlash ancha murakkab ish.
Vodorodning ortiqcha bosimi ancha yuqori bo‘lsa, generatorning sovishi
shuncha samarali va demak generatorning aynan bir xil o‘lchamlarida
uning nominal quvvatini oshirish mumkin. Biroq ortiqcha bosim 0,4-0,6
MPa dan ko‘p bo‘lsa, generatorning quvvatini oshirishdan kelib
chiqadigan texnik qiynchiliklarning (tig‘izlagichlar bilan chulg‘am
izolyatsiyasi ishi murakkablashadi) yengish uchun sarflanadigan mablag‘ni
oqlamaydi. Shuning uchun hozirgi generatorlarda vodorod bosimi 0,6 MPa
dan yuqori bo‘lmaydi.
Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi generatorlar, zaruriyat tug‘ilsa,
havo
bilan sovitilishi ham mumkin, lekin ularning quvvati tegishlicha
kamayadi.
Generator korpusining vodorod bilan to‘ldirishda qaldiroq aralashma
hosil bo‘lishining oldini olish uchun havo avval inert gaz (odatda karbonat
angidrid) bilan siqib chiqariladi.
Vodorodning foiz miqdori ruxsat etilganidan kamayganda uning
tozaligining tiklash generatordan ifloslangan
vodorod chiqarish va toza
vodorod qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonning
shamollatib tozalash (produvka) deb ataladi.
Generatordagi vodorodning quritish maqsadida xlorli kalsiy yoki
silikagel bilan to‘ldiriladigan quritgich ko‘zda tutilgan. Suyuqlik
borligining ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich generatorning
korpusida suv yoki
moy paydo bo‘lishi to‘g‘risida signal berish uchun xizmat qiladi.
Turbogeneratorlarning vodorod bilan bevosita sovitish. Chulg‘am
o‘tkazgichlarining bo‘sh joylari ichiga yuborilib bevosita (ichki) sovitish
vodorod bilan bilvosita sovitishga nisbatan yana ham katta samara beradi.
Bu turdagi generatorlarda stator chulg‘ami ham bevosita sovitiladigan
qilingan.
Har ikkala turdagi generatorlarning korpusidagi vodorod bosimi 0,2-
0,4 MPa oralig‘ida tutiladi.
26
Vodorod bilan bevosita sovitiluvchi generatorlar havo bilan
sovitilganda ishlay olmaydi, chunki vodorod
bilan jadal sovitishga
hisoblangan chulg‘am havo bilan sovitib ishlatilsa o‘ta qiziydi va tez
ishdan chiqadi. Shuning uchun, agarda generatorda vodorodning
tashqariga chiqishi sodir bo‘lib, vodorod bosimi
tez va katta miqdorda
kamayishi kuzatilsa bevosita sovitiluvchi generator yuklamasi tezda
kamaytirilishi va tarmoqdan uzilishi kerak. Uzilgan generator gaz
yo‘qolishi bartaraf etilib, uni vodorodga o‘tkazilgandan so‘ng (agar gaz
yo‘qotilishi havo yordamida qidirilgan bo‘lsa) tarmoqqa ulanadi.