22
Sinxron generatorning ishlash vaqtida uning chulg‘amlari
va aktiv
po‘lati qiziydi. Stator va rotor chulg‘amlarining yo‘l qo‘yiladigan qizish
temperaturasi birinchi navbatda, foydalaniladigan
izolyatsiya materiallari
va sovituvchi muhit temperaturasiga bog‘liq standartlarga ko‘ra V
sinfidagi izolyatsiya materiallari (asfalt - biton asosidagi lok) uchun stator
chulg‘amining yo‘l qo‘yiladigan temperaturasi 105
0
C, rotor uchun esa
130
0
C chegarasida bo‘lishi kerak. Stator va rotor chulg‘amlari
izolyatsiyasining issiqqa chidamliligi yuqori, masalan,
F va N sinfida
bo‘lganida yo‘l qo‘yiladigan qizish temperaturasining chegarasi ortadi.
Generatorlarning ishlatish jarayonida chulg‘amlarning izolyatsiyasi
asta-sekin eskiradi. Buning sababi izolyatsiyaga qator faktorlarning:
kirlanish, namlanish, havo kislorodi ta’sirida
oksidlanish, elektr maydoni
hamda elektr yuklamaniig va boshqalarning ta’sir etishidadir. Biroq
izolyasiyaning eskirishiga asosiy sabab uning qizishidir.
Izolyatsiyaning
qizish temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha tez eskiradi, ishlash
vaqti shuncha qisqaradi. V sinfidagi izolyatsiyalarning xizmat qilish
muddati qizish temperaturasi 120° C gacha bo‘lganida 15 yilga yaqin,
140° C gacha qiziganida esa ikki yilgacha qisqaradi. Qizish temperaturasi
105
0
C gacha (ya’ni standartlarda ko‘rsatilgan chegarasida) bo‘lganda
xuddi o‘sha izolyatsiya ancha sekin eskiradi
va xizmat qilish muddati
ortib, 30 yilgacha boradi. Shuning uchun ishlatish vaqtida generatorning
ishlash rejimining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning chulg‘amlari
qizish temperaturasining ruxsat etilgan qiymatlardan ortishiga yo‘l
qo‘ymaslik shart.
Qizish temperaturasi ruxsat etilgan qiymatlardan ortmasligi uchun
elektr stansiyalarining hamma generatorlari sun’iy
sovitiladigan qilib
tayyorlanadi.
Stator va rotorning qizigan chulg‘amlaridan issiqlikning olib ketish
usuliga qarab bilvosita va bevosita sovitish bo‘ladi.
Bilvosita sovitishda rotor toretsiga o‘rnatilgan ventilyator yordamida
sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator
ichiga yuboriladi va havo
oralig‘i, hamda ventilyatsiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi
gaz stator va rotorning chulg‘amlarining o‘tkazgichlariga tegmay o‘tadi va
ular ajratayotgan issiqlik gazga katta “issiqlik to‘sig” - chulg‘amlarning
izolyatsiyasi orqali o‘tadi.
Bevosita sovitishda sovituvchi modda (gaz yoki suyuqlik) izolyatsiya
va
tishlarning
po‘latiga
tegmasdan,
generator
chulg‘amlari
o‘tkazgichlariga bevosita tegib o‘tadi.