23
Havo bilan sovitish
Havo bilan sovitishning ikki tizimi: oqimli va berk tizimi mavjud.
Oqimli sovitish tizimidan kamdan-kam va faqat quvvati 2 MVA gacha
bo‘lgan turbogeneratorlarda, shuningdek quvvati 4 MVA gacha bo‘lgan
gidrogeneratorlarda qo‘llaniladi. Bunda generator orqali mashina zalidagi
havo
haydaladi, u stator va rotor chulg‘amlarining izolyatsiyasini tez
ifloslaydi, natijada generatorning xizmat
qilish muddatini qisqartiradi.
Berk
sovitish
tizimida
ma’lum
o‘zgarmas
hajmdagi havo berk kontur
bo‘yicha aylanadi. Bunday sovitishda
havoning aylanishi turbogeneratorlar
uchun sxematik ravishda 2.3
- rasmda
ko‘rsatilgan. Havoning sovitish uchun
trubkalari oralig’i suvning uzluksiz
aylanib turadigan havo sovitgich 1
xizmat qiladi.
Mashinada qizigan havo
patrubka 2 orqali qizigan havo kamerasi
3 ga chiqadi, so‘ngra havo sovitgich va
sovuq havo kamerasi 4 orqali o‘tib yana
mashinaga qaytadi. Sovuq havo
mashinaga uning ichiga o‘rnatilgan
ventilyator 5 yordamida haydaladi. Aktiv
qismi
uzunligi
katta
bo‘lgan
generatorlarda sovuq havo mashinaning ikki tomonidan yuboriladi.
Aktiv qisming uzunligi haddan tashqari katta, havo oralig‘i esa kichik
bo‘lgan turbogeneratorlarni sovitish samaradorligini
orttirish maqsadida
ventilyatsiyaning ko‘p oqimchali radial sistemasi qo‘llaniladi. Buning
uchun turbogeneratorning sovitish tizimi vertikal tekisliklar 6 bilan qator
seksiyalarga bo‘linadi. Havo har bir seksiyaga havo oralig‘i (I
va III
seksiyalarda) yoki maxsus o‘qiy kanal 7 (II seksiyada) orqali kiradi.
Qizigan qismlarning sovituvchi havo tegadigan yuzalarining orttirish
uchun mashinaning aktiv po‘latida ventilyatsion kanallar tizimi qilinadi.
Qizigan havo po‘latdagi radial ventilyatsion kanallardan o‘tib, olib
ketuvchi
kamera
8
ga o‘tadi. Qo‘p oqimchali ventilyatsiya
turbogeneratorning butun uzunligi bo‘yicha bir xil sovishini ta’minlaydi.
4.1
-rasm. Turbogeneratorning
Havo bilan sovitishning yopiq
tizimi
24
Tashqariga havoning qisman chiqishdan hosil bo‘ladigan
isrofni
to‘ldirish uchun sovuq havo kamerasiga o‘rnatilgan qo‘shaloq moy filtr 9
orqli qo‘shimcha havo olish ko‘zda tutilgan.
Havo bilan bilvosita sovitishninig berk tizimli gidrogeneratorlarda
ancha keng qo‘llaniladi. Gidro-
generatorning ventilyatsiya tizimi 2.4
– rasmda ko‘rsatilgan.
Gidrogeneratorlarda
aniq qutbli
rotorning sovitish qutblar o‘rtasida
oraliq borligi va rotorning sovish
yuzasi katta bo‘lganligi hisobiga
osonlashadi.
Turbogeneratorning
silliq
rotorining
sovishi
ham
samara
beradi,
chunki bunday holda u faqat
havo bo‘shlig‘i tomonidan soviydi.
Bu holat esa turbogeneratorlarning
havo bilan sovitish imkoniyatini
ancha cheklashga olib keladi.