к
d
ф
у
I
х
U
I
6.3-rasm. Sinxronlash
kolonkasining
o‘lchash priborlarini ulash
sxemasi
36
shtirish va uning ravon rostlash birlamchi dvigatellar (bug‘ yoki
gidroturbinalar) ning aylanish chastotalari to‘g‘rilagichlariga ta’sir etish
yo‘li bilan bajariladi. Ulanayotgan generatorning kuchlanishini o‘zgartirish
uyg‘otish chulg‘amidagi tokning oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Aniq sinxronlash shartining amalga oshirishning ko‘z bilan ko‘rib
nazorat qilish ikkita voltmetr (generator va tarmoq kuchlanishlarining
tengligini nazorat qilish uchun), ikkita chastota o‘lchagich (ulardan biri
tarmoq chastotasining, ikkinchisi ulanayotgan generator chastotasini
ko‘rsatadi), shuningdek bir nomdagi fazalar kuchlanishlari vektorlarining
bir-biriga mos tushishining nazorat qilish imkoniyatini beradigan maxsus
asbob – sinxronoskop yordamida amalga oshiriladi. Bu asboblar
sinxronizatsiyalash shitchalari yoki kolonkalari tarkibiga kiradi (6.3-rasm)
va ular barcha elektr stansiyalarda mavjuddir.
Aniq sinxronlashda ulash uchun signal berish payti sirpanish burchak
tezligi (chastotalar farqi) bilan aylanayotgan
sinxronoskopning ko‘rsatkichi orqali aniqlanadi. Birlamchi dvigatelning
tezlik to‘g‘rilagichiga tasir etib, chastotalarning tenglashishiga shunday
erishiladiki, bunda sinxronoskop ko‘rsatkichi 20 s ichida bir martadan
ortiq aylanmasin. Sinxronoskop shkalasida kuchlanishlarning fazalar
bo‘yicha bir xil bo‘lishining ko‘rsatuvchi chiziq tortilgan. Signal berish
uchun generatorning o‘chirgichini sinxronoskop ko‘rsatkichi chiziq
tortilgan belgiga ozgina etmagan paytda ulash lozim, chunki
o‘chirgichining ulanishi uchun sarflanadigan vaqtni ham hisobga olish
kerak.
Aniq sinxronlash qo‘lda yoki avtomatik tarzda bo‘lishi mumkin.
Qo‘lda aniq sinxronlashning hamma jarayonlari nazoratchi tomonidan
qo‘lda bajariladi. Nazoratchining noto‘g‘ri harakat qilib qo‘yishining
yo‘qotish uchun sinxronlash sxemasiga maxsus blokirovka kirgiziladi, u
noqulay paytda o‘chirgichining ulash uchun berilgan signalning o‘tishiga
avtomatik tarzda to‘sqinlik qiladi.
Avtomatik sinxronlash maxsus qurilmalar avtomatik sinxronizatorlar
yordamida
amalga
oshiriladi.
Avtomatik
sinxronizatorlar
sinxronlanayotgan generatorning kuchlanishi va chastotasining rostlash va
uni nazoratchisiz tarmoqda ulash imkoniyatini beruvchi juda murakkab
sxemaga ega.
Aniq sinxronlash usulining kamchiliklariga jarayonini amalga
oshirishning murakkabligi va uzoq davom etishining (bu ayniqsa
energotizimning avariya ish rejimi sharoitida chastota va kuchlanishning
37
o‘zgarib turishi sodir bo‘lganda yana ham ko‘proq bilinadi, hamda
boshqaruvchi shaxs yuqori malakaga ega bo‘lishi talab etishining hamda
sinxronlash shartlari buzilsa, katta avariyalar sodir bo‘lishini kiritish
mumkin.
O‘z-o‘zining sinxronlashda generator uyg‘otilmay, taxminan
sinxronlash chastotaga teng chastotada aylanayotgan vaqtida (sirpanish
±2-3%) tarmoqqa ulanadi. Uzgich ulanishi zahoti uyg‘otish toki beriladi va
generator 1-2 sekundda sinxronizmga tortiladi.
Uyg‘otilmagan generator tarmoqqa ulangan paytda u tarmoqdan ancha
katta reaktiv tok iste’mol qiladi. Stator chulg‘amidan oqib o‘tayotgan
ushbu tok hosil qilayotgan aylanuvchi magnit maydonining generator
rotorining chulg‘amida EYUK hosil qiladi.
O‘ta kuchlanish tufayli izolyatsiyaning buzilishining oldini olish
uchun generator rotorining chulg‘ami uzgichining ulashdan oldin o‘z-
o‘zini sinxronlash maxsus qarshiligiga yoki MAS (maydonni avtomatik
sundirish) qurilmasining so‘ndiruvchi qarshiligiga tutashtirilgan bo‘lishi
kerak, bu qarshilik MAS ulangandan keyin uziladi.
Generator o‘z-o‘zini sinxronlash usuli bilan tarmoqqa ulanganda, unda
o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘ladi va bular generatordan chiqqan simlardagi
qisqa tutashuv jarayonlariga o‘xshash bo‘ladi.
Generator-transformator
bloklarini
energotizim
bilan
parallel
ishlashga ulanganda statorda hosil bo‘ladigan tok ancha kam bo‘ladi,
chunki bu vaqtda transformator qarshiligining chegaralovchi ta’siri
bo‘ladi. Shuni ham aytish kerakki, o‘z-o‘zini sinxronlashda statorning toki
ulash paytida induktiv xarakterga ega bo‘ladi va demak, generatorning
valida qo‘shimcha mexanik yuklamalar hosil qilmaydi.
Elektr qurilmalarining qurilish qoidasi tokning sakrashi nominal
tokdan 3,5 martadan ko‘p oshmaslik shartida, generatorlarning o‘z-o‘zini
sinxronlash usuli bilan ulashga ruxsat etadi, ya’ni:
(6.6)
Bunda I’-boshlang‘ich o‘tkazish toki, kA; U-qurilmaning fazalari
orasidagi kuchlanish kV; x
d
’-generatorning o‘tish qarshiligi, Om; x
c
-
energotizimning generator qisqichlarigacha bo‘lgan qarshiligi, Om; I
nom
-
generatorning nominal toki, kA.
Generator o‘z-o‘zini sinxronlash metodi bo‘yicha ulash quyidagi
tartibda bajariladi:
ном
c
d
I
x
x
U
I
51
.
3
)
(
3
'
'
38
generator sinxron tezlikdan ko‘pi bilan 2-3 % farq qiladigan
aylanishlar chastotasigacha aylantiriladi, chastotalarning yo‘l qo‘yiladigan
farqi, odatda, IRCH rele asosidagi avtomatik qurilma bilan nazorat
qilinadi;
shunt reostati va АРВ ning o‘rnatilishining o‘zgartiruvchi qurilma salt
ishlaganda U
g.nom
. ni ta’minlovchi uyg‘otishga to‘g‘ri keluvchi holatga
qo‘yilishi kerak, bunda MAS o‘chirilgan holatda bo‘ladi;
generatorning viklyuchateli ulanadi va u ulangan zahoti MAS ni ulash
uchun avtomatik tarzda buyruq beriladi.
Generator tarmoqqa ulangandan so‘ng, qisqa vaqt asinxron dvigatelga
o‘xshash ishlaydi. Asinxron sirpanish momenti generatorning rotorining
sinxron chastotada aylanishga tortadi. Uyg‘otish berilgandan so‘ng
rotorning chulg‘amida tokning ko‘payib borishi bilan asta-sekin oshib
boruvchi sinxron momenti hosil bo‘ladi. Natijada generator vali keskin
mexanik turtkilarga duch kelmaydi.
O‘z-o‘zini sinxronlash usulininig asosiy afzalligi generatorning
tarmoqqa ulash texnologiyasining soddaligidadir, chunki bu vaqtda
ulanadigan generator bilan tizim kuchlanishlarining qiymatlarining va
chastotalarining aniq to‘g‘rilashga hojat qolmaydi. Sinxronlash ancha
soddalashadi va tezlashadi, ulashlardagi yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli
mashinaning og‘ir buzilish ehtimollari yo‘qoladi, jarayonning
avtomatlashtirish soddalashadi, shuningdek energotizimdagi chastota va
kuchlanish o‘zgarganda ham ulash mumkin bo‘ladi.
Normal ishlash sharoitlarida o‘z-o‘zini sinxronlash usuli generator-
transformator bloki sxemasida ishlaydigan va chulg‘amlari bilvosita
sovitiluvchi turbogeneratorlarning, shuningdek hamma gidrogeneratorlarni
ulash uchun qo‘llaniladi.
Chulg‘amlari bilvosita sovitiladigan va generator kuchlanishi
shinasida ishlaydigan turbogeneratorlarning, shuningdek chulg‘amlari
bevosita sovitiluvchi generatorlarni ulash ham, odatda, aniq sinxronlash
usuli bilan bajariladi.
Avariya tugatilgach, hamma generatorlarni parallel ishga tushirish
o‘z-o‘zini sinxronlash usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
|