43
8-MA’RUZA.
KUCH TRANSFORMATORLARNING SOVITISH TIZIMI VA
YUKLANISH QOBILIYATI
Reja:
1. Transformatorlarning sovitish tizimi turlari.
2. Transformator markasining belgilanishi.
3. Transfromatorning yuklanish qobiliyati.
Transformatorning ishlash jarayonida uning chulg‘amlari va magnit
o‘tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo‘lishi hisobiga qiziydi.
Transformator qismlarining qizish chegarasining izolyatsiya cheklaydi,
chunki uning ishlash muddati qizish haroratiga bog‘liq.
Transformator
quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish tizimi shuncha intensivroq bo‘lishi
kerak.
Transformatorlarning
havo
bilan
tabiiy
sovitish.
Bunday
transformatorlar “
quruq” nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli
ravishda quyidagicha belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali
tayyorlanganida CЗ; germetik tayyorlanganida SG.
“Quruq” transformator chulg‘ami haroratining sovituvchi muhit
haroratidan
yo‘l
qo‘yiladigan oshish
chegarasi
izolyatsiyaning
qizishga chidamliligi
sinfiga bog‘liq va
standartlarga
muvofiq
A sinfi uchun 60
o
С; E
sinfi uchun 75
o
С; B
sinfi uchun 80
o
C; C
sinfi uchun 100
o
C; N
sinfi uchun 125
o
C dan
ko‘p
bo‘lmasligi
kerak. Sovitishning bu tizimi kam samarali bo‘lganligi sababli kuchlanishi
15 kV gacha, quvvati 1600 kVA gacha bo‘lgan transformatorlar uchun
qo‘llaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli
transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarda chulg‘am
va magnit o‘tkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu
8.1-rasm. MS tizimi sovitgichning prinsipial
sxemasi: 1–transformator baki; 2-elektr
nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5-puflash
ventilyatori
44
moy bak va radiator kuvirlarida aylanib, uning atrofidagi havoga beradi.
Transformator yuklamasi nominal bo‘lganda moyning harorati yuqorigi
eng qizigan qatlamlarida ±95
o
C dan oshmasligi kerak.
Atrofga issiqlikning yaxshi tarqatish
uchun transformatorlar baki,
quvvatga qarab, qovurg‘alar, sovitish kuvirlari yoki radiatorlari bilan
jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyalash yo‘li bilan sovitish (D)
quvvati katta transformatorlarda qo‘llaniladi. Bu holda radiator
quvirlaridan tashkil topgan osma sovitgichlarga ventilyator o‘rnatiladi.
Ventilyator pastdan havoni so‘radi va trubalarning yuqorigi qizigan
qismiga haydaydi. Ventilyatorlarning ishga tushishi va to‘xtashi
transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab,
avtomatik amalga oshirilishi mumkin.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy
sirkulyatsiyalash yo‘li bilan sovitish (MS) quvvati 63000 kVA va undan
katta bo‘lgan transformatorlar uchun qo‘llaniladi.
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa
trubalar tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr
nasoslari moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyatsiyasini
hosil qiladi (3.4-rasm).
Moy
katta
tezlikda
sirkulyatsiyalanishi,
sovitish
yuzalari
kattalashgani va jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni ko‘p uzatadi
va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga o‘tish transformatorlarning
o‘lchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi.
Sovitgichlar
transformatorlar
bilan
bir
poydevorga
yoki
transformatorning baki yonidagi alohida poydevorga o‘rnatilishi mumkin.
Moy majburan sirkulyasiyalanadigan moy-suvli sovitish (S) prinsipial
jihatdan MS tizimiga o‘xshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi
sovitgichlar trubalardan iborat bo‘lib
ular ichida suv aylanadi, trubalar
orasida esa moy yuradi.
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun
moy sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida
0,02 MPa (2 N/sm
2
) ga ortiq bo‘lishi kerak. Sovitishninig bu tizimi
samarali, biroq konstruksiyasi jihatidan ancha murakkab bo‘lib,
gidrostansiya va yopiq xonalarga o‘rnatiladigan (100 MVA va undan
yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
MS va S sovitish tizimli transformatorlarda moyning majburan
sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda
avtomatik ulanishi va transformatorning yuklanishidan qat’iy
nazar
45
uzluksiz ishlashi kerak. Shu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar
soni transformatorning yuklanishisiga qarab aniqlanadi. Bunday
transformatorlar moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini
to‘xtatish, ventilyatorni to‘xtatish kerakligi haqidagi signalizatsiyaga ega
bo‘lishi kerak.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, hozir chulg‘amlari juda ham past
haroratgacha sovitiladigan transformatorlarning
yangi konstruksiyalari
ishlab chiqilmoqda. Metall past haroratda o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga
ega bo‘lib, chulg‘am kesimining keskin kamaytirish imkonini beradi. O‘ta
o‘tkazuvchanlik prinsipidagi transformatorlar kriogenli transformatorlar
quvvati 1000 MVA va undan yuqori bo‘lishiga qaramay kichik og‘irlikka
ega.
Har bir transformator quyidagi ko‘rsatilgan tartibdagi shartli harfiy
belgilarga ega:
1) fazalar soni (bir fazali uchun-0, uch fazali uchun-T);
2) sovitish turi - yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;
3) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan chulg‘amlar soni (agarda
u ikkitadan ortiq bo‘lsa); uch chulg‘amli transformatorlar uchun T,
ajratilgan chulg‘amli transformator uchun P (fazalar sonidan keyin
ko‘rsatiladi);
4) chulg‘amlardan biri YUOR qurilmasi bilan tayyorlangan bo‘lsa,
qo‘shimcha Н harfi bilan belgilanadi;
5) avtotransformatorlarning belgilash uchun birinchi o‘rinda
A harfi
qo‘yiladi.
Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi ko‘rsatiladi.
Bir xil parametrli, bir xil konstruksiyali turli korxonalarda ishlab
chiqariladigan
transformatorlar
uchun,
shu
konstruksiyadagi
transformatorlar qaysi yildan boshlab ishlab chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Masalan: TMН-10000/110 - 67 - uch fazali, ikki chulg‘amli, moy bilan
tabiiy sovitiluvchi, YUOR li nominal quvvati 10000 kVA, 110 kV klassli,
1967 yilda yaratilgan konstruksiyali transformator.