• 7-MA’RUZA. KUCH TRANSFORMATORLARI VA AVTOTRANSFORMATORLARNI ISHLATISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/36
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,76 Mb.
    #127542
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
    Bog'liq
    Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

     
    Sinov savollari 
     
    1. Generatorlarning parallel ishga tushirishni necha usulini bilasiz? 
    2. Generatorlarning parallel ishga tushirish shartlarini tushuntirib 
    bering? 


    39 
    7-MA’RUZA. 
    KUCH TRANSFORMATORLARI VA 
    AVTOTRANSFORMATORLARNI ISHLATISH 
     
    Reja: 
    1. Transformatorlarni ishlatish va unga qo‘yiladigan talablar. 
    2. Transformatorlarning prinsipial sxemalari. 
    3. Transformatorlar neytrallarini ulash usullari. 
    Transformatorlarni ishlatish jarayonida ularning ishonchli ishlashi 
    ta’minlanishi lozim. Yuklamalar, kuchlanish me’yori, transformatorlarning 
    alohida qismlarining harorati, moyning harakteristikalari va izolyatsiya 
    parametrlari o‘rnatilgan me’yorlari chegarasida bulishi kerak. Sovutish 
    tizimi, kuchlanishni rostlash va boshqa tarkibiy qismlari shuningdek, 
    doimiy vositalari bo‘lmish yong‘in o‘chirish, moy qabul qilgich, moy 
    chiqqishlar va moy to‘plagichlar soz bo‘lishi kerak. 
    Yong‘in o‘chirish tizimi avtomatikasi bir yilda bir marotaba sinovdan 
    o‘tishi kerak. 
    Ochiq taqsimlash qurilmalaridagi transformatorlar baklarida stansiya 
    yoki podstansiya tomonidan belgilangan tartib raqamlari, hamda ushbu 
    raqamlar eshiklarda va kameralarda shuningdek transformator 
    punktlarining ichida bo‘lishi kerak. 
    Ochiq taqsimlash qurilmalarida joylashgan transformatorlar tabiat 
    hamda moy ta’sirlariga chidamli och rangli bo‘yoqda bo‘yalmog‘i lozim. 
    Transformatorlarning 
    sovutish 
    tizimlari 
    ikkita 
    manbadan 
    ta’minlanishi, moyning majburiy aylanishi tizimli transformatorlarda esa 
    zahiraning qayta ulash tizimi orqali ulanishi kerak. 
    Kuchlanishning yuklama ostida rostlash qurilmasi avtomatik holatda 
    ishga shay holatda bo‘lishi kerak. Transformator kuchlanish ostida 
    bo‘lganda kuchlanishning yuklama ostida rostlash qurilmasini qo’lda uzib 
    ulash man etiladi. 
    Havo va moyning majburiy aylanishi (DS) hamda suv va moyning 
    majburiy aylanishli (S) tizimlari transformatorlarda ishga tushganda 
    (o‘chirilganda) tranformator bilan bir vaqtning o‘zida ishga tushishi 
    (o‘chirilishi) kerak. Moyning majburiy aylanishi yuklamadan qat’iy nazar 
    uzluksiz bo‘lishi, sovutish tizimining ishga tushirish (o‘chirish) tartibi 
    ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanishi kerak. 


    40 
    7.1 – rasm. TS-630000/330 tipli kuch transformatori zavodining 
    tajriba zalida 
    Transformatorlarning havoning majburiy aylanishli va moyni tabiiy 
    aylanish (D) tizimlaridagi ventilyatorlarning motorlari moy harorati 55 
    0

    etganda yoki nominal yuklamada ishga tushmog‘i hamda moy harorati
    50 
    0
    C tushganda yuklama toki nominal tokdan kichik bo‘lsa avtomatik 
    tarzda o‘chirilishi kerak. 
    Moy-suvli sovutish tizimli transformatorlarning kengaytirgichlaridagi 
    moy sathining eng kam miqdorida moy sovutgichlaridagi moy bosimi 
    quvurlardan aylanayotgan suv bosimidan 10 kPa dan kam bo‘lmasligi 
    kerak. 
    Elektr stansiya va nimstansiyalariga o‘rnatilgan uch fazali 
    transformatorlar eng ko‘p tarqalgan, chunki ularda jami quvvati xuddi 
    shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12-
    15%, aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20-25% kam 


    41 
    Transformator sozlikdagi 
    taraqqiyot 220 va 500 kV 
    kuchlanishli, quvvati 630 
    MVA gacha, 330 kV 
    kuchlanishli, 
    quvvati 
    1000 MVA li uch fazali 
    transformatorlarni 
    va 
    500/110 kV li, birlik 
    quvvati 250 kVA li 
    avtotransformatorlarning 
    ishlab 
    chiqarish 
    imkoniyatini berdi.
    Transformatorlar 
    quvvatining 
    chegaraviy 
    qiymati 
    ularning 
    transportirovka qilish sharoitlari, massasi va o‘lchamlari bilan cheklanadi. 
    Bir fazali transformatorlar, odatda, yetarli quvvatga ega bo‘lgan uch 
    fazali transformator tayyorlash mumkin bo‘lmagan yoki transportirovka 
    qilish ancha qiyin bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Bir fazali 
    transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 
    1600 MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng. 
    Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi chulg‘amlar soniga qarab 
    transformatorlar ikki chulg‘amli va uch chulg‘amliga bo‘linadi (7.2-rasm, 
    a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil kuchlanishdagi chulg‘amlar, odatda, 
    pasaytiruvchi chulg‘ami bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan 
    izolyatsiya qilingan ikki va undan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil 
    topadi. Bunday transformatorlar ajratilgan chulg‘amli transformatorlar deb 
    ataladi 
    (7.2-rasm, 
    d). 
    Yuqori, o‘rtacha va past kuchlanishli 
    chulg‘amlarning qisqacha YuK, O‘K va PK deb belgilash qabul qilingan. 
    Past kuchlanishli ajratilgan chulg‘amli transformatorlar bitta 
    kuchaytiruvchi transformatorga bir nechta generatorlarning ulash imkonini 
    beradi, o‘z ehtiyojini ta’minlash sxemalarida, shuningdek qisqa tutashuv 
    tokining kattaligining cheklash maqsadida, pasaytiruvchi nimstansiyalarda 
    ham keng qo‘llaniladi.
    Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv 
    kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar 
    transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi. 
    Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida ko‘rsatilgan 
    to‘la quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, 
    7.2-rasm. Transformatorlarning prinsipial 
    sxemalari: a)-ikki chulg‘amli; b)-uch 
    chulg‘amli; d)-past kuchlanishli
    ajratilgan 


    42 
    o‘rnatish joyi va sovitish muhiti nominal bo‘lgan sharoitlarda 
    transformatorning shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin bo‘ladi. 
    ikki chulg‘amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir
    chulg‘amining quvvatidan 
    iborat.
    Uch chulg‘amli transfor-
    matorlar 
    chulg‘amlarining 
    quvvati bir-biriga teng yoki 
    har xil qilib tayyorlanadi. 
    Quvvatlari har xil bo‘lganda 
    har bir alohida chulg‘am 
    ichida eng katta nominal 
    quvvatga 
    ega 
    bo‘lgan 
    chulg‘amining 
    quvvati 
    transformatorning nominal 
    quvvati deb qabul qilinadi. 
    Chulg‘amlarning nominal 
    kuchlanishlari-transforma-
    torning 
    salt 
    ishlashida 
    birlamchi 
    va ikkilamchi 
    chulg‘amlarining 
    kuchla-
    nishlaridir. 
    Uch 
    fazali 
    transformator uchun - bu 
    uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator 
    agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga 
    mo‘ljallangan bo‘lsa, bu kuchlanish U/
    ga teng bo‘ladi. Transformator 
    yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg‘ami qisqichlariga 
    nominal kuchlanish berilganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish 
    nominalga qaraganda transformatorda isrof bo‘lgan kuchlanishning 
    kattaligiga teng miqdorga kichik bo‘ladi 

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va

    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish