49
statsionar yoki suriluvchi ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
Statsionar
ko‘rinishda har bir yacheykaning ichida jihoz qo‘zg‘almas qilib
o‘rnatiladi. Suriluvchi ko‘rinishda uzgichlar, seksion ajratkichlar va
kuchlanish o‘lchov transformatorlari shkaflarning ichida surish va ularning
tashqarisiga chiqarish mumkin bo‘lgan suriluvchi telejkalarda o‘rnatiladi.
Barcha kuchlanish jihozlari va taqsimlovchi qurilmalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
-taqsimlovchi qurilma (TQ) ning jihozi o‘zining pasport ma’lumotlari
bo‘yicha nominal va qisqa tutashuv holatlarida
ishlash sharoitlarining
qoniqtirishi shart. Apparatlar va shinalar zaruriy termik va dinamik
chidamlilikga ega bo‘lishi shart;
-jihozning izolyatsiyasi atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlarda
kuchlanishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oshishlarining ko‘tara
oladigan bo‘lishi shart;
-barcha jihozlar ruxsat etilgan yuklanishlarda ishonchli ishlashi shart;
TQ xonalarida yong‘inning o‘chirish inventari va vositalari bo‘lishi
shart. Yopiq TQ larning ichiga hayvonlar va qushlarning kirib qolish
ehtimolini bartaraf etish uchun
derazalar ishonchli yopilgan, devorlardagi
yoriq va teshiklar bekitilgan bo‘lishi shart. Xonaning tomi soz bo‘lishi
shart;
Yopiq va komplekt TQ larning xonalarida havoning harorati va
namligi rejimi shudring tushmaydigan va izolyatsiya terlamaydigan qilib
tutilishi shart. Yopiq TQ larda harorat 40
0
C dan oshmasligi shart.
Xonaning ventilyatsiyasi yetarli darajada samarali bo‘lishi shart.
TQ va alohida zanjirlarning ish rejimlarini jihozning texnik
tavsiflariga mos kelishini ta’minlash;
TQ ning jihozlari va xonalarining nazorat
qilish va tartibga solish
hamda taraqqiy etishi avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan
nosozliklarning imkoni boricha qisqa muddatlarda bartaraf etish;
Jihozlarning profilaktik sinash va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida
amalga oshirish.
Iste’molchilar yuklamalarining oshib borishi bilan ilgari o‘rnatilgan
jihozlarning o‘tkazish qobiliyati tez-tez yetarli bo‘lmay qoladi. Avariya
holatlarida qisqa tutashuv toklarining jihozlar uchun ruxsat etilganidan
yuqori qiymatlargacha ortishi energetika
tizimiga loyihalash paytida
ko‘zda tutilmagan katta quvvatli turbo va gidrogeneratorlar,
transformatorlar va h.k.larning ulanishi natijasida sodir bo‘ladi. Energetika
tizimlarida jihozlarning parametrlarining yangi ish sharoitlariga mos
kelishining tekshirish surunkali tarzda iste’molchilarning eng katta
50
yuklamalarini nazorat qilish va ularning jihozlarning nominal
ma’lumotlari bilan solishtirish hamda yangi
jihozlar ulangan va elektr
tarmoqning sxemasi o‘zgargan holatlar uchun qisqa tutashuv toklarining
hisoblash orqali amalga oshiriladi. Mos kelmagan holatlar kuzatilganda
jihozlarning modernizatsiyalash yoki almashtirish, shuningdek, elektr
tarmog‘ini seksiyalash amalga oshiriladi; qisqa tutashuv toklarining
cheklash uchun elektr tarmoqlarining ajratishining avtomatik qurilmalari
ishga tushiriladi va h.k.
Jihozlarning ishlashining nazorat qilish navbatchi va ishlatuvchi
personal tomonidan amalga bajariluvchi tashqi ko‘rik
paytida amalga
oshiriladi.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunaning to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi
qismiga 2
-
jadvalda qayd etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va
boshqa mashina-mexanizmlarning hamda shaxslarning yaqinlashishi man
etiladi.