O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana23.12.2023
Hajmi1,76 Mb.
#127542
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

Sinov savollari 
 
1. Taqsimlovchi qurilmalarning turlarini sanang va tuzilishini 
tushuntiring? 
2. Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismgacha yaqinlashish 
mumkin bo‘lgan masofalarni ayting? 
3. Taqsimlovchi qurilmalarni ishlatishda qanday talablar qo’yiladi? 
 
 
 
 


54 
10-MA’RUZA. 
AJRATKICH VA BO‘LGICHLARNI ISHLATISH 
 
Reja: 
1. Ajratkichning vazifasi va tuzilishi. 
2. Ajratkichni ishlatishda qo’yiladigan talablar. 
3. Bo’lgichning vazifasi va ularni ishlatish. 
Ajratkichlarning asosiy vazifasi ta’mirga chiqariluvchi jihozlarning va 
uskunaning kuchlanish ostida bo‘lgan, qolgan qismlarining ajratuvchi 
ko‘rinib turuvchi uzilishning hosil qilishdir. Bunday uzilishlar ishlarning 
xavfsiz amalga oshirish maqsadida bajariladi. Ajratkichlar katta toklarning 
uzish imkonini beruvchi yoy so‘ndiruvchi qurilmalarga ega emas. Shu 
sababli elektr zanjirini bevosita uzish yoki ulash uchun o‘zgaruvchan tok 
ajratkichlari faqat nominalga nisbatan ancha kichik toklarda qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari ajratkichlar TQ sxemalarida elektr zanjirlarining turlicha 
almashlab ulashda, masalan, tutashmalarning bitta shinalar tizimidan 
ikkinchisiga o‘tkazishda, foydalaniladi. 
Uzgichning uzilgan holatida ajratkichlar yordamida kuchlanish ostida 
amallarni bajarish qiymati ulangan qismlarning sig‘imi bilan belgilangan 
zaryad toki zanjirining ochish bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi (4.7- rasm). 
Barcha kuchlanishlar jihozlari va yig‘ish shinalarining (kondensator 
batareyalaridan tashqari) zaryad toklari katta emas va, shu sababli, 
ularning ajratkichlar vositasida uzish va ulash xavfli emas.
Ajratkichlar yordamida yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarning tarmoqda 
yerga va kuch transformatorlarining neytrallariga ulanish mavjud 
10.1- rasm. Ajratkich yordamida sig‘im tokini uzish: 1- uzilgan 
uzgich; 2- sig‘im tokini uzuvchi ajratkich 


55 
bo‘lmagan hollarda, hamda qiymatlari EUTQ da ko‘rsatilgan
transformator va avtotransformatorlarning magnitlash, kabelli va havo 
liniyalarining zaryad toklarini uzish va ulash amallarini bajarishga ruxsat 
etiladi.
Ishlatishda ajratkichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
nominal tokda uzoq vaqt ishlaganda ajratkichlarning kontakt tutashmalari 
75

C dan yuqori haroratgacha qizishi mumkin emas; 
kontakt tizimi zaruriy termik va dinamik chidamlilikka ega bo‘lishi shart; 
qisqa tutashib toklari oqqanda ajratkichlarning pichoqlari ulangan holatda 
tutib turilishi shart (yuritmaning qulflovchi moslamasi, mexanik yoki 
magnit qulf yordamida). Uzilgan holatdagi ajratkich qutblarining 
kontaktlari orasidagi zaruriy masofa mexanik tutqich yordamida ishonchli 
qayd etilishi shart;ajratkichlarning izolyatsiyasi yomg‘ir, muz, havoning 
changlanganligi holatlarida ishonchli ishlashni ta’minlashi shart. Tayanch 
izolyatorlari va izolyatsiyalovchi tortmalar amallarning bajarilish paytida 
mexanik yuklamalarni ko‘tara olishi shart; ajratkichlarning asosiy 
pichoqlari mexanizmi uzgich va zaminlovchi pichoqlar bilan blokirovkaga 
ega bo‘lishi shart. 
10.2 –rasm. Ajratkichnig tashqi ko‘rinishi (RGD-35)

Download 1,76 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va

Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish