68
Bak devorlarining ichki tomoniga gaz sharchalarining zaminlangan
devorga yaqinlashishiga to‘sqinlik qiluvchi izolyatsion material qoplanadi.
Gaz chiqargichlar
chiquvchi gazlarni sovitish, moy zarrachalarining
ajratish va gazlarning xavfsiz zonaga chiqarib yuborish uchun xizmat
qiladi. Saqlovchi klapan va membrana bakda gaz bosimining xavfli
darajagacha ortib ketish holatlari uchun ko‘zda tutilgan. Uzgichning
holatining ko‘rsatkich uning qo‘zg‘aluvchan qismlariga mahkamlanib,
uzgichning ulangan yoki uzilgan
holatini nazorat qiladi.
110
kV va undan yuqori
kuchlanishli ko‘p hajmli uzgichlar
moy to‘ldirilgan kirishlar bilan
ta’minlanadi.
Kirishning
izolyatsiyasi chinni qobiq, qog‘oz
izolyatsiyasi elementlari va uni
to‘ldiruvchi
moydan
tashkil
topgan.
Moy
to‘ldirilgan
kirishlarning ishonchli ishlashi
to‘ldiruvchi moy diqqat bilan
nazorat
qilib
turilganda
ta’minlanadi.
Kirishlardan
moyning
na’munalarining
surunkali
tarzda olib turish uning,
odatda, suv va ko‘chmalar konsentratsiyalanuvchi quyi qatlamlaridan
olinishining ta’minlovchi maxsus moy oluvchi qurilmalar (14.2- rasm)
yordamida amalga oshiriladi. Kirishning qog‘oz korpusi o‘lchov
kondensatori va unga PIN ni (14.3- rasm) ulash uchun chiqish bilan
yasaladi.
O‘lchov
kondensatorlaridan
chiqishlarning
foydalanilmaganlarining barchasi zaminlangan bo‘lishi shart. Bu
chiqishlarning yerdan ajralishi yoki uzilishi kuchlanishning qog‘oz
izolyatsiyaning qatlamlari bo‘ylab maqsadga muvofiq bo‘lmagan tartibda
taqsimlanishini keltirib chiqarib, bu izolyatsiyaning teshilishiga olib
kelishi mumkin.
Moyli uzgichni boshqarish yuritma yordamida amalga oshiriladi.
Yuritmalarda har xil energiya turlaridan foydalanilib,
unga bogliq holda
qo‘lda yuritiluvchi, prujinali, elektromagnitli, elektr motorli va pnevmatik
yuritmalarga bo‘linadi. Bulardan elektromagnitli va pnevmatik yuritmalar
keng qo‘llaniladi.
14.1 – rasm. Moyli bakli o‘zgich.
69
O‘zgarmas tok elektromagnitli yuritmalari 10-500 kV kuchlanishli
uzgichlar uchun bir nechta tipda tayyorlanadi. Yuritmalar uzgichlarning
aniq ishlashining ulovchi elektromagnitda kuchlanish nominalning 80 %
gacha pasayganda, uzuvchi elektromagnitda esa, 65 % gacha pasayganda
ham ta’minlay olishi shart.
Pnevmatik porshenli yuritmalar (PV) moyli uzgichlar uchun
qo‘llaniladi. Ulash markaziy kompressor qurilmasidan ta’minlanuvchi
katta bo‘lmagan rezervuardan kirib keluvchi siqilgan havo ta’sirida amalga
oshadi. Uzgichning uzishda uzish elektromagniti o‘zagining
urilish qismi
bevosita yuritmaning erkin ajratish mexanizmiga ta’sir qiladi.
Moyli uzgichlarning tashqi ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘z bilan
quyidagilar tekshiriladi: uzgichning haqiqiy holati (uzilgan yoki ulangan);
kirishlar, izolyatorlar va tortqichlarning sirtlarining holatlari; klapanlarning
membranalarining butunligi va gaz chiqargichlar orqali moy chiqishining
yo‘qligi; baklardan moyning oqmasligi va ularda hamda kirishlarda
moyning sathi. Uzgichning ichida silkinish va shovqinning yo‘qligi eshitib
aniqlanadi. Termoplyenkalar bo‘yicha kontakt tutashmalarining harorati
aniqlanadi.
Baklarda moyning sathi ko‘rsatkich shkalasi bo‘yicha sathning ruxsat
etilgan o‘zgarishi chegarasida bo‘lishi shart. Bu elektr yoyining o‘chirish
14.2- rasm. Kirishdan moy
na’munasini olish uchun
qurilma:
1- tutashtiruvchi
vtulka;
2- nippel;
3- zichlagich;
4, 5- probkalar;
6- izolyatorning tubigacha
tushirilgan polivinilxlorid
vtulka
14.3- rasm. Moy to‘ldirilgan
kirish PIN ning chiqish qutisi:
1- kondensator o‘ramidan
chiqish;
2- zaminlash elementi;
3- chiqish izolyatori
70
va yoyning yonishi ta’siridan hosil bo‘lgan gazlarning sovitishda o‘ta
muhim ahamiyatga ega. Bakda moy sathining yuqoriligi uning yuqori
qismida havo bo‘shlig‘ini kamaytiradi.
Bunday sharoitlarda yoyning
so‘ndirishda moy uzgichning qopqog‘iga kuchli urilishi va bakning
ichidagi bosim deformatsiya va hatto bakning portlashiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan xavfli darajagacha ortishi mumkin.
Agar bakning ichida moyning sathi katta miqdorga pasaygan bo‘lsa, u
holda moyning yoyilishida ajralib chiquvchi issiq gazlar (70 % vodorod,
20 % etilen va 10 % metan) kontaktlar ustidan moyning kichik qatlami
orqali o‘tayotib, sovishga ulgurmaydi va havoning kislorodi bilan
aralashib portlaydi. Moy sathining pasayishi xususan kam moyli
uzgichlarda xavflidir. Bakda moyning sathi ko‘p darajada pasayganda yoki
u oqib ketganda uzgich bilan yuklama toki va albatta qisqa tutashuv
tokining uzishga to‘sqinlik qiluvchi choralar ko‘rilishi shart. Buning uchun
uzish solenoidi zanjirining har ikkala qutbidagi
saqlagichlarni yechish
yetarlidir. Boshqarilmaydigan uzgichli elektr zanjirining uzish boshqa
uzgichlar (masalan, shinalarning tutashtiruvchi, aylanib o‘tuvchi)
yordamida amalga oshiriladi.
Qish paytlarda havoning harorati -20
0
C dan past bo‘lganda ochiq
havoda yoki tashqi KTQ (TKTQ) larda joylashtirilgan uzgichlarda
moyning qovushoqligining ortib ketishi va bunga bog‘liq holda uzish
tezligining kamayishi natijasida yoyning so‘ndirish sharoitlari salmoqli
yomonlashadi. Harorat uzoq vaqt davomida (bir sutkadan ortiq)
pasayib
turganda moyli uzgichlarning ish sharoitlarining yaxshilash uchun elektr
isitish ishga tushirilib, uning o‘chirish harorat -20
0
C dan yuqori bo‘lganda
amalga oshiriladi.
Yuritmalarning tekshirishi har 3-6 oyda kamida bir marta amalga
oshirish tavsiya etiladi. Agar uzgich AQU bilan jihozlangan bo‘lsa, u
holda uni uzishga tekshirib ko‘rishning releli himoya vositasida AQU dan
ulash orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Uzishga ishlamay
qolganda uzgich zudlik bilan ta’mirga chiqarilishi shart.