67
qisqa tutashuv, transformatorlarning magnitlash,
liniya va shinalarning
zaryad toklarini ulash va uzish rejimlaridir. Uzgich uchun eng og‘ir rejim
bo‘lib qisqa tutashuv toklarni uzish va ulash rejimlari hisoblanadi. Katta
toklar oqib o‘tganda uzgichga katta elektrodinamik kuch va yuqori xarorat
ta’sir etadi. Bundan tashqari o‘rnashgan
qisqa tutashuvga har qanday
avtomatik yoki qo‘lda ulash yaqinlashayotgan kontaktlar orasidagi
oraliqning teshilishi va kontaktlar zaif siqilgan
holatlarda zarbiy tokning
oqishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ularning muddatidan erta fizik yemirilishiga
olib keladi. Xizmat ko‘rsatish muddatining oshirish uchun kontaktlar
metall-chinnidan yasaladi.
Uzgichlarning konstruksiyalarida yoy so‘ndirishning
turli xil
prinsiplardan va ularda turli xil so‘ndiruvchi muhit materiallaridan
foydalaniladi. Shu munosabat bilan stansiya
va podstansiyalarda
qo‘llaniluvchi uzgichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
katta moy hajmiga ega bo‘lgan moyli uzgichlar (ВМБ, ВМ, ВМД,
МКП, У, С tipidagi uzgichlar);
kichik moy hajmiga ega bo‘lgan moyli uzgichlar (ВМГ, ВМП, МГГ,
МГ, ВМК, ВГМ va boshqa tipdagi uzgichlar);
ochiq pichoqli va yopiq havo to‘ldirilgan bo‘lgichga ega bo‘lgan
havoli uzgichlar. Hozirgi davrda ochiq pichoqli bo‘lgichga ega bo‘lgan
havoli uzgichlar 35 kV va undan yuqori kuchlanishga ishlab
chiqarilmaydi.
ВЕМ tipidagi
elektromagnitli uzgichlar;
ВГ-10M tipidagi avtogazli uzgichlar;
ВН va ВНП tipidagi yuklama uzgichlari.
Har bir guruh uzgichlari kataloglarda ko‘rsatilgan ma’lum
texnik
tavsiflarga hamda ularning qo‘llanish sohalarini belgilovchi afzallik va
kamchiliklarga ega.