O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana23.12.2023
Hajmi1,76 Mb.
#127542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

 
Havoli uzgichlarni ishlatish 
 
Energetika tizimlarida havo to‘ldirilgan bo‘lgichga ega bo‘lgan havoli 
uzgichlar keng tarqalgan (14.4- rsam). Uzgich ketma-ket ulangan ikkita 
kontakt tizimiga ega. Birinchisi – yoy so‘ndiruvchi kameralarning kontakt 
tizimi bo‘lib, uning kontaktlari uzgichning yoy so‘ndirish uchun lozim 
bo‘lgan masofaga ajralishiga sarflanuvchi qisqa vaqt davomida ajraladi. 


71 
Ikkinchi tizim – bo‘lgichlarning kontakt tizimi bo‘lib, ular uzgichning 
uzilgan holatida ishonchli izolyatsion oraliq hosil qiladi. 
Havoli uzgich bilan amallar ulash elektromagniti zanjirining ulash 
yoki siqilgan havo klapaning tizimiga ta’sir etuvchi zanjirning uzish orqali 
amalga oshiriladi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishda har bir qutbning 
ulash va uzish klapanlari bloki, boshqarish elektromagnitlari, yuritmali 
signallash-bloklash kontaktori SKB, qutb holatining ko‘rsatuvchi signal 
lampasi, elektr kontaktli manometr, qutblarning yig‘malari, tutashtiruvchi 
quvurlar, elektr issitkichlar va sh.k.lar jamlangan alohida boshqarish 
shkafiga ega bo‘lgan mustaqil uzgichni ifodalaydi.
Tashqi tomondan ko‘rikdan o‘tkazishda havoli uzgichning umumiy 
holati, so‘ndiruvchi kameralarning izolyatorlari, bo‘lgichlar, shuntlovchi 
qarshiliklar va sig‘imli kuchlanish bo‘lgichlari, tayanch kolonkalari va 
izolyatsiyalovchi 
tortmalarning 
butunligi 
hamda 
izolyatorlarning 
sirtlarining ifloslanmaganligiga e’tibor qaratiladi. Taqsimlovchi shkafda 
o‘rnatilgan manometrlar bo‘yicha uzgichning rezervuarlaridagi havoning 
bosimlari va uning ventilyatsiyaga kirib kelishi tekshiriladi. AQU bilan 
ishlovchi uzgichlarda bosim 1,9- 2,1 MPa (optimal bosim 2,0 MPa), AQU 
siz uzgichlarda esa 1,6-2,1 MPa oralig‘ida bo‘lishi shart. Havoning bosimi 
ko‘rsatilgan qiymatlardan kichik bo‘lgan uzgich ishga tushrilmasligi shart. 
Ushbu maqsadda boshqarish sxemasi amallarning bajarishga to‘sqinlik 
qiluvchi blokirovka ko‘zda tutilgan. Bosim 1,6 MPa dan kichik bo‘lganda 
manometrlardan biri ulash va uzish zanjirlarini ochadi, boshqasi esa, 
bosim 1,9 dan kichik bo‘lganda AQU zanjirining uzishga almashlab 
ulaydi. Uzgich izolyatorlarining ichki bo‘shliqlarining quruq havo bilan 
uzluksiz ventilyatsiyalash katta ahamiyatga ega. Bunday 


72 
14.4- rasm. Havo to‘ldirilgan bo‘lgichli VVN-330-15 havoli uzgichi: 
1- bo‘lgich; 2- sig‘imli kuchlanish bo‘lgich; 3- bo‘lgichning tayanch 
izolyatorlari; 4- tortuvchi izolyatorlar; 5- bo‘lgichning purkash klapani;
6- uzgichning asosi – ikkita siqilgan havo rezervuarlari; 7- boshqarish 
shkafi; 8- yoy so‘ndiruvchi kameralarning purkash klapani;
9- so‘ndiruvchi kameralarning tayanch izolyatorlari; 10- yoy 
so‘ndiruvchi kameralar; 11- shuntlovchi qarshiliklar; 12- yoy so‘ndiruvchi 
kameralarni bo‘lgich bilan bog‘lovchi quvur shinalar 


73 
ventilyasiya suv bug‘larining izolyatorlarning 
ichida kondensat-
siyalanishini bartaraf etadi. Ventilyatsiyaga havoning kirib kelishining 
nazorati havo harakatining ko‘rinish imkonini yaratuvchi (ichida 
alyuminiy sharcha joylashgan shisha trubka) ko‘rsatkich bo‘yicha olib 
boriladi. Sharcha havo torlarining bosimi ta’sirida ko‘rsatkichda 
belgilangan chiziqlar orasida joylashishi shart. Havo sarfining rostlash 
reduktorli klapanning yuqori qismida joylashgan vint 10 (14.5- rasm) 
yordamida amalga oshiriladi. 
14.5- rasm. Havoli uzgichning taqsimlovchi shkafi: 1- magistraldan 
havoning berilishi; 2- havoning kirish joyidagi ventil; 3- filtr; 4- to‘kuvchi 
klapan; 5- teskari klapan; 6- zgichning qutblariga havoning berilishi; 7
bachok; 8- manometrlarning ventili; 9- reduktorli klapan; 10- rochstlovchi 
vint; 11- ventilyatsiyaga havoning kirishi; 12- tugmali qurilma (uzishga); 
13- mahalliy pnevmatik uzish quvurchasi; 14- elektr kontaktli manometrlar 
Uzgichning ulangan yoki uzilgan holati haqida signallovchi qurilmalar 
ko‘rsatishlarining sozligi va to‘g‘riligi nazorat qilinadi.
So‘ndiruvchi 
kameralarning 
chiqish 
yo‘liga 
ega 
bo‘lgan 
qoplamalarining qopqog‘i ishonchli yopilganligiga e’tibor beriladi. 
Noqulay meteorologik sharoitlarda ochiq qoplamalar orqali kameraga qor 
kirishi mumkin. Uning yig‘ilib qolishi tayanch izolyatsiyaning 
teshilishiga, kontaktlarning muzlashiga va kameraning ishlamay qolishiga 
olib keladi. 


74 
Tashqi ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘zda so‘ndiruvchi kameralarning 
tutashtiruvchi izolyatorlarining rezina tiqinlar, bo‘lgichlar va ularning 
tutashtiruvchi kolonkalari tekshiriladi. Bosilib qolgan va shikastlangan 
zichlagichga ega bo‘lgan uzgichlarda amallar bajarishga ruxsat etilmaydi.
Shinalarning kontaktli tutashmalari va apparat qisqichlarining qizishi 
nazorat qilinadi.
Havoli uzgichlarni ishlatish jarayonida qator tadbirlar o‘tkaziladi: har 
oyda 1-2 marta rezervuardan u yerda yig‘ilib qolgan kondensat olib 
tashlanadi; yomg‘ir yog‘ish davrida ventilyasiyaga havoning berilishi 
oshiriladi; atrofning harorati -5

C dan pastga tushganda qutblarning 
boshqarish va taqsimlash shkaflarida elektr isitish ishga tushiriladi. 
Uzgichning ishga yaroqliligi 2,0-1,6 MPa bosimda ulash va uzishga 
ishlatib ko‘rish orqali (har yili kamida 2 marta) tekshiriladi. 
14.6- rasm. Havoli uzgichlarning tashqi ko‘rinishi 
Uzgichlarning rezervuarlariga mexanik aralashmalardan tozalangan 
havo kiritilishi shart. Havoning asosiy tozalash va uning quritish havoning 
tayyorlovchi kompressor qurilmalarida amalga oshiriladi. Uzgichlarning 
taqsimlovchi shkaflarida havoni qo‘shimcha tozalash uchun kigiz-junli 
filtrlar o‘rnatilgan. Surunkali tartibda, havoning ifloslanganligiga bog‘liq 
holda, ularda filtrlovchi patronlar almashtirib turilishi lozim.
Chinni va metall detallarning a’zodosh bo‘lish ishonchliligi salmoqli 
darajada rezina tiqinlarning sifati va izolyatorlarning chiqishi bo‘yicha 


75 
boltlar tortilganda kuchlarning bir tekis taqsimlanganligiga bog‘liqdir. 
Havoli 
uzgichlarning 
ishlashida 
izolyatorlarning 
mahkamlovchi 
gaykalarning kuchsiz va kuchli tortilganligi ham xavfli hisoblanadi. 
Qo‘llaniluvchi rezina zichlagichlar yetarlicha elastiklikka ega emas va vaqt 
o‘tishi bilan uning qoldik deformatsiyasi oshib boradi. Shu sababli 
uzgichlarning shikastlanishlarining oldini olish yiliga ikki marta (bahorda 
va kuzda) tekshiruv va zichlashtirish talab etiluvchi barcha boltlarning 
tortilishi amalga oshiriladi.

Download 1,76 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va

Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish