• 13-MA’RUZA. VENTILLI RAZRYADNIKLARNI ISHLATISH VA ULARGA BO‘LGAN TALABLAR
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/36
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,76 Mb.
    #127542
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

    Sinov savollari 
     
    1. Tok transformatorining ishlash rejimini tushuntiring? 
    2. Kuchlanish transformatorining vazifasi va ishlash rejimi? 
    3. O’lchov transformatorlarini ishlatishdagi tadbirlar? 
     
     
     
     
     
    12.2- pasm. НДЕ-500 
    kuchlanish bo‘lgichining 
    ulanish sxemasi. 
    12.3- rasm. Tutashma filtrining 
    ulanish sxemasi: 
    1- tutashma filtri; 2- yuqori 
    chastotali apparaturaning yarim 
    komplektini ulovchi kabel; 3
    razryadnik; 4- zaminlovchi pichoq; 
    5- a’loqa kondensatori; 6- to‘siq


    64 
    13-MA’RUZA. 
    VENTILLI RAZRYADNIKLARNI ISHLATISH VA ULARGA 
    BO‘LGAN TALABLAR 
     
    Reja: 
    1. Ventilli razryadniklar haqida umumiy ma’lumotlar. 
    2. Ventilli razryadniklarni ishlatishdagi nazorat. 
    3. Ventilli razryadniklarni sinash. 
     
    Ventil razryadniklar Stansiya va podstansiyalarning jihozlarini o‘ta 
    kuchlanishlardan himoyalash ventil razryadniklar yordamida amalga 
    oshiriladi. Razryadniklarning seriyalari va tiplari tarmoqning nominal 
    kuchlanishi, razryadnikning vazifasi va himoyalanuvchi jihozning turiga 
    bog‘liq holda tanlanadi. 3-10 kV kuchlanishli aylanib ishlovchi 
    mashinalarning izolyatsiyasining himoyalash uchun RVM va RVVM 
    seriyasidagi razryadniklar qo‘llaniladi. 3-10 kV kuchlanishli TQ larda 
    o‘rnatilgan jihozlarning izolyatsiyasi RVP, 15-220 kV kuchlanishli TQ 
    lardagi esa, RVMK seriyasidagi razryadniklar yordamida himoyalanadi. 
    Ventil razryadniklar imkoni boricha eng muhim va izolyatsiya darajasi 
    eng past bo‘lgan (aylanib ishlovchi mashinalar, transformatorlar) jihozga 
    yaqin o‘rnatiladi. Barcha kuchlanishdagi razryadniklar, qoidaga ko‘ra, yil 
    davomida ulangan holatda bo‘ladi. Ularning uzish faqat ta’mirlash va 
    sinash vaqtidagina amalga oshiriladi. 
    Ishlatishdagi nazorat Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlari, 
    aloqa kondensatorlari (himoya, telemexanika va aloqa ehtiyojlari uchun)
    va ventil razryadniklarning ishlatish davriy ko‘riklar, joriy ta’mir va 
    sinovlarning o‘tkazishdan iborat. Ko‘rik qolgan barcha jihozlarning 
    ko‘rigi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Ko‘rik paytida moy to‘ldirilgan 
    apparatlarda 
    payvandlangan 
    shovlar 
    va 
    tiqinlar 
    oqmayotganligi, 
    ko‘rsatkich bo‘yicha moyning sathi, izolyatsiyaning holati va 
    ifloslanganlik darajasi, baklarning ichida razryadlanish va titrashlarning 
    yo‘qligiga e’tibor qaratiladi. Izolyatorlar va chinni qobiqlar, xususan, 
    flanetslarning mahkamlangan joylarida, yoriqlar bo‘lmasligi shart. 
    Yoriqlar tashqi havoning harorati o‘zgarganda turli materiallardan 
    tayyorlangan detallarning o‘zaro tutashgan joylarida yuzaga keluvchi 
    mexanik kuchlanishlar natijasida eng ko‘p hosil bo‘ladi. Sementli 
    shovlarda paydo bo‘luvchi yoriqlar moy bilan bo‘yaladi. Sementli 
    qatlamning teshiklari va yoriqlariga suvning kirishi va uning muzlashi 
    qo‘shimcha mexanik kuchlanishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 


    65 
    Bunday holatni sementli shovlarning zichlashtirish va ularning tashqi 
    namlikka chidamlilik qobiqlari surunkali tarzda qayta tiklab turish orqali 
    bartaraf etish mumkin. Chinnida yoriq aniqlanganda apparat uzilishi va har 
    tomonlama ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazilishi shart. Izolyatorlarning 
    sirtida temir aralashgan oqim izlarining hosil bo‘lishining oldini olish 
    uchun metall detallardagi zanglar o‘z vaqtida olib tashlanishi va ular 
    diqqat bilan bo‘yalishi lozim.
    Ventil razryadniklarning tashqi ko‘rigini har bir chaqmoqdan va 
    izolyatsiyalangan neytralli yoki sig‘im toki kompensatsiyalanuvchi 
    tarmoqlarda bir fazali yerga tutatashishlardan so‘ng amalga oshirish 
    maqsadga muvofiqdir. Ko‘rik paytida ishlash registrlarining ko‘rsatishlari 
    olinadi.
    Sinovlar Apparatlarning elektr tavsiflari va ishlash qobiliyatini 
    yomonlashtiruvchi tashqi ko‘rikda aniqlanmagan defektlari profilaktik 
    sinovlar yordamida aniqlanadi. O‘lchov transformatorlari, aloqa 
    kondensatorlari va ventil razryadniklarning sinovi uch yilda bir marta 
    o‘tkaziladi.
    Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarining sinash hajmiga 
    quyidagilar kiradi: 
    chulg‘amlar izolyatsiyalarining qarshiliklarining 1000 yoki 2500 V ga 
    mo‘ljallangan megommetr yordamida o‘lchash. Birlamchi chulg‘am 
    izolyatsiyasi qarshiligining qiymati me’yorlanmaydi; ikkilamchi chulg‘am 
    izolyatsiyasining qarshiligining qiymati 1 MOm dan kam bo‘lmasligi 
    shart; 
    dielektrik isroflar burchagining tangensini o‘lchash. O‘lchash 35 kV 
    va undan yuqori kuchlanish transformatorlarida МД-16 tipidagi 
    o‘zgaruvchan tok ko‘prigi yordamida amalga oshiriladi; 
    birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning (ularga ulangan zanjirlar 
    bilan) izolyatsiyalarining sanoat chastotasidagi oshirilgan kuchlanishda 
    sinash; 
    transformator moyining sinash (35 kV va undan yuqori kuchlanish 
    transformatorlarida amalga oshiriladi). 
    Sig‘imli bo‘lgichlarning sinash transformator qurilmalarining 
    yuqorida ko‘rsatilgan hajmda sinash va kondensatorlarning sinashdan 
    jamlanadi. Aloqa kondensatorlari va kuchlanish bo‘lgichlarida 
    izolyatsiyaning qarshiligi, barcha elementlarning elektr sig‘imi va 
    dielektrik isroflar burchagi o‘lchanadi. Bo‘lgich va aloqa kondensatorlari 
    ishlatish sharoitlarida oshirilgan kuchlanishda sinalmaydi. 


    66 
    13.1-rasm. Ventili razryadnikning tashqi ko‘rinishi. 
    Ventil razryadniklarning sinash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    razryadnik elementlarining qarshiligini o‘lchash; shuntlovchi rezistorli 
    razryadniklar elementlarining o‘tkazuvchanlik toklarini yoki shuntlovchi 
    rezistorsiz razryadniklarning daydi toklarini o‘lchash; shuntlovchi 
    rezistorsiz razryadniklarning (РВП, РС-10 seriyalari) sanoat chastotasidagi 
    teshuvchi kuchlanishini o‘lchash. 

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va

    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish