O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana23.12.2023
Hajmi1,76 Mb.
#127542
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

 
Bo‘gichlarni ishlatish Tuzilishi bo‘yicha ajratkichlardan kam farq 
qiladi. Ularning kontakt tizimi ham yuklama toki ostida amallarni 
bajarishga moslanmagan. Bo‘lgichlarning asosiy vazifasi – u har ikkala 


56 
tomondan uzgichlar yordamida uzilganidan so‘ng elektr tarmog‘ining 
shikastlangan bo‘lagining tez uzishdan iboratdir. Bo‘lgichlar yordamida 
transformatorlarning magnitlash va liniyalarning zaryad toklari uziladi. 
Bo‘lgich uza olishi mumkin bo‘lgan tok qutb kontaktlari va qo‘shni 
qutblar orasidagi masofaga bog‘liq. OD seriyasidagi bo‘lgichlarning asosiy 
pichoqlarining boshqarish SHPO tipidagi yuritkich yordamida amalga 
oshiriladi. Uzish jarayoning uluvchi impuls berilgan lahzadan so‘ng 0,5-1 
s davom etadi. Bunday tez uzish bo‘lgichlarning qo‘lda ulashda siqiluvchi 
prujinalarning energiyasi hisobiga ta’minlanadi. Bo‘lgichlar uzgichga ega 
bo‘lmagan transformatorli podstansiyalarning YuK tomonida qo‘llaniladi. 
Bunday podstansiyalarda, bo‘lgichlardan tashqari, odatda, vazifasi tezlik 
bilan keyinchalik uzgich tomonidan uziluvchi katta quvvatli sun’iy qisqa 
tutashuvning hosil qilishdan iborat bo‘lgan qisqa tutashtirgichlar ham 
o‘rnatiladi. Qisqa tutashtirgichning uzilgan holatida uning ShPK tipidagi 
yuritmasining prujinalari uyg‘otilgan va ulashga tayyor bo‘ladi. Releli 
himoya qurilmasidan impuls berilganda elektromagnit ulovchi prujinani 
bo‘shatadi va qisqa tutashtirigich ulaydi. Bo‘lgich zanjirda qisqa tutashuv 
tokining oqishi to‘xtagan lahzada uzadi. Bo‘lgichning to‘g‘ri ishlashini 
ta’minlash uchun yuritmada uning faqat qisqa tutashuv zanjirida tok 
yo‘qolganidan so‘nggina ishlashiga ruxsat etuvchi blokirovka ko‘zda 
tutilgan. 
Ajratkichlar, bo‘lgichlar va qisqa tutashtirgichlarning tashqi ko‘rikdan 
o‘tkazishda asosiy e’tibor bu apparatlarning kontakt tutashmalari va 
izolyatsiyalariga qaratilishi shart. Kontakt tutashmalar ajratkichlar va 
bo‘lgichlarning eng muhim va shu bilan bir qatorda eng zaif qismi 
hisoblanadi. Kontakt tutashmalarning nazorat qilish va ularga xizmat 
ko‘rsatish usullari yuqorida ko‘rib o‘tilgan edi. 
Ajratkichlar, bo‘lgichlar va qisqa tutashtirgichlarning tok o‘tkazuvchi 
qismlarining tutib turish va mahkamlash uchun tayanch-shtirli va tayanch-
sterjenli izolyatorlardan foydalaniladi. Ular 110 kV va undan past 
kuchlanish uchun butun, 110 kV dan yuqori kuchlanish uchun esa, shtirli 
yoki sterjenli izolyatorlardan bir-biriga ulab yig‘iladi. 

Download 1,76 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari va

Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish