Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana23.12.2023
Hajmi1,76 Mb.
#127542
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish

 
Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish 
Generatorlarning suyuqlik bilan bevosita sovitishning amalga 
oshirishda sovituvchi suyuqlik sifatida, vodorodga nisbatan issiqlik ajratish 
qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan, distillangan suv yoki moy qo‘llaniladi va 
natijada generatorlarning o‘lchamlarining o‘zgartirmay birlik quvvatining 
yana ham orttirish imkoniyatini beradi. 
Distillangan suv sovituvchi modda sifatida moyga nisbatan ko‘p 
muhim afzalliklarga ega: issiqlik ajratish xossasi ancha yuqori, yong‘inga 
xavfsiz. Shuning uchun ishlab chiqariladigan kuchli generatorlar 
ko‘pchilik hollarda suv bilan sovitiladigan qilib yasaladi. 
Rotor va statorning chulg‘amlarining suv bilan sovitish kapsulali 
gidrogeneratorlarda ham qo‘llanilmokda. 
Generatorning rotorining suv bilan bevosita sovitishning amalga 
oshirish katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq, aylanayotgan rotorga suv 
keltirish ayniqsa qiyinchilik tug‘diradi. 
Suv bilan stator chulg‘amining hamda vodorod bilan bevosita rotor 
chulg‘amining va aktiv po‘latning birgalikda sovitish bo‘lgan 
turbogeneratorlar xam qo‘llaniladi. Kombinatsiyalangan sovitish tizimiga 
ega generatorlar: rotor suv bilan sovitiladi, stator (chulg‘am, aktiv po‘lat 
va konstruktiv elementlar) esa kabel moyi bilan sovitiladi. 
Turbogeneratorlarning statorlarining moy bilan sovitishning qo‘llash 
chulg‘am kuchlanishining 110 kV gacha orttirish imkoniyatini berdi, bu 
esa generatorning tarmoqqa oraliq transformatorisiz ulash imkoniyatini 
beradi. 
Chulg‘amdagi va stator po‘latdagi aksial kanallar ichida moyning 
majburan aylanishi issiqlikning etarli jadallikda olib ketilishini 
ta’minlaydi. 


27 
Generatorning rotori aylanayotgan bo‘shliq moy to‘ldirilgan statordan 
izolyatsion silindr bilan ajrab turadi. 
Generatorlarning turli usullarda sovitishning nisbiy samaradorligining 
aynan bir xil o‘lchamdagi generatorlarning quvvatini bir-biriga qiyoslash 
yo‘li bilan ko‘rsatish mumkin (1 -jadval).

Download 1,76 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish

Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish