103
III-BOB.
KINEMATIKA
BOBNING MAQSADI:
• Kinematikaning asosiy vazifalari bilan tanishtirish.
• Moddiy nuqta harakat qonunining berilish usullarini oʻrganish va
uning tezligi,
hamda tezlanishlarini aniqlash.
• Moddiy nuqta harakatining xususiy hollarini koʻrib chiqish.
• Qattiq jismning eng sodda harakatlari: ilgarilanma va qoʻzgʻalmas oʻq atrofidagi
aylanma harakatlarida kinematik xususiyatlarini aniqlash.
• Qattiq jismning tekislikka parallel harakatini oʻrganish va amaliy masalarga
qoʻllash.
• Qattiq jismning qoʻzgʻalmas nuqta atrofidagi aylanma harakatida Eyler
tenglamalari bilan tanishtirish.
• Qattiq jismning umumiy harakati-murakkab harakatini ilgarilanma
va aylanma
harakatlar orqali tushuntirish.
• Moddiy nuqta va qattiq jismning nisbiy harakatini koʻrib chiqish, hamda nisbiy
harakat tenglamalarini tabiat masalariga tadbiq qilish.
3.1. MODDIY NUQTA HARAKATINING KINEMATIKASI.
3.1.1. Kinematikaning asosiy tushunchalari va vazifalari.
Nazariy
mexanikaning
kinematika
qismi jismlarning harakatini harakat
sabablariga, harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga va jism massasiga, bogʻlamay
oʻrganadi.
Boshqacha aytganda, jism harakatining geometrik xususiyatlarini
kinematika
aniqlaydi. Shuning uchun ba’zida kinematikani “4 oʻlchovli
geometriya deb atashadi”. Kinematika soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, “kinema-
harakat” ma’nosini beradi. Kinematikaning asosiy tushunchalari
quyidagilardan
iborat:
-
mexanik harakat
– bir jismning boshqa jismga nisbatan tutgan oʻrnining
oʻzgarishiga aytiladi;
104
-
hisob sistemasi
– jismning harakati paytida fazodagi oʻrnini aniqlovchi,
boshqa jismga bogʻlangan koordinatalar sistemasiga aytiladi.
Hisob
sistemasini o‘zaro perpendikulyarl holda uch tomonga yo‘nalgan o‘qlar
orqali tasvirlanadi, lekin shu o‘q mahkamlangan jism tasvirlanmaydi.
Masalan, aksariyat o‘qlar Yer shariga mahkamlanadi, lekin yerning shakli
tasvirlanmaydi;
-