• 5. Individual yondashish tamoyili.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    sistemalilik, 
    ketma-ketlik 
    va 
    mustahkamlilik tamoyili.
    Matematikada materialni sistemali bayon etishning 
    ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy 
    bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib 
    qolmay, bir-biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta-sekin 
    murakkablashtirib borilishi lozim.
    Puxta o‘zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. 
    Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning 
    biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana 
    olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi.
    Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni 
    bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. 
    Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror 
    qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, 
    muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.
    5. Individual yondashish tamoyili. 
    Bu tamoyil bolalarning yosh 
    xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degan 


    32 
    talablardan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga 
    oshirilishi shart.
    Maktabgacha 
    ta’lim 
    tashkilotlarida 
    matematik 
    tasavvurlarini 
    rivojlantirish ishlarini tashkil etish. 
    Matematik tasavvurlarni shakllantirish 
    yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli 
    ta’limiy o‘yinli faoliyatdir. 
    Dastur 
    vazifalarining ko‘pchilik qismi 
    ta’limiy oyinli faoliyat
    larda hal qilinadi. Bolalarda 
    ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil 
    qilinadi. 
    Ta’limiy oyinli faoliyat
    larda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan 
    hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. 
    Ta’limiy oyinli faoliyat
    lardan tashqari 
    vaqtlarda 
    o‘yinlar 
    tashkil 
    qilib, 
    bolalarning 
    matematik 
    tasavvurlari 
    mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. 
    ta’limiy oyinli faoliyat
    larda 
    bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan 
    quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi: 

    Qisqa hikoya 

    Tushuntirish 

    Ko‘rsatish 

    Kichik guruhlarda ishlash (guruhiy ish) 

    Juftlikda ishlash 

    Galereyaga sayr 

    Muammoli vaziyat 

    Savol - javob 

    Rag‘batlantirish 

    Amaliy ish 

    Ijodkorlik 

    Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin 

    Masala tuzish, yechimni topish 

    Grafik diktant 
    Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llangan. 
    O‘zbekiston Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasturni respublikamizning 
    o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini 


    33 
    hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug‘ilgandan to yetti yoshgacha 
    bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga 
    oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga 
    xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni 
    nazarda tutadi. 
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi 
    amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning 
    uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi 
    egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan 
    bir qatorda, mutaxassislik bo‘yicha fanlarni, jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
    Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, 
    «Ilk qadam»davlat dasturini, Davlat ta’lim standartlarini, bolalarni maktabga 
    tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir 
    Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik 
    haqida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan ko‘proq egallagan bo‘lishlari zarur.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish