Ishning maqsadi: Qizil kitobga kiritilgan o’simlik va hayvon turlarini aniqlash va tarqalish xususiyatlarini o’rganish
Material va jihozlar: Ma’ruza matni, O’zbekiston Respublikasi ekologik xaritasi, O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”, yozuvsiz karta, rangli qalamlar.
Nazariy material: 1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha ishlarni boshqaruvchi va konsultatsiya beruvchi organ – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bunga 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 davlatlar va jamoat tashkilotlari birlashtirildi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ilmiy jamoatchilikka murojaat qilib barcha mamlakatlardagi nodir va yo’qolib borayotgan hayvonlarning holatini har tomonlama o’rganishda yordam berish, ularni muhofaza qilish choralarini topishga chaqirdi. Noyob va kamayib borayotgan hamda yo’qolish xavfi ostida turgan barcha turlarni o’rganuvchi doimiy komissiya tuzdi. Bu komissiya bir necha yillar (1949-1966) mobaynida nodir va kamayib borayotgan hamda yo’qolish xavfi ostida turgan barcha turlar haqida material to’plab, maxsus “Qizil kitob” (The Red Data Book) va hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog’laridagi miqdori va har xil mamlakatlarda himoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga blingan:
Yo’qolib borayotgan turlar;
Kamayib borayotgan turlar;
Noyob-nodir turlar;
Noaniq turlar;
Tegishli chora-tadbirlar qo’llashni talab qiluvchi
Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta’sis etilgan bo’lib, 1978 yilda “Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning O’zbekistonga taalluqli joylari ko’pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi.
O’zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko’llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, sutemizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410dan turi uchraydi.
“Qizil kitob”ning mohiyati – nabotot va hayvonot olamining noyob, yo’qolib ketish havfi ostidagi turlar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.
1983 yilgi nashrida 1 tomida 22 tur sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar, ikkinchi tomiga 163 tur o’simlik kiritilgan. 2009 yildagi nashrida 184 tur hayvon, 324 tur o’simlik kiritildi.
|