|
Organizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish
|
bet | 135/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgOrganizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish. Ekologik tad-qiqotlarda organizmlarning soni va ularni o’zgarib turishini aniq bilish katta ahamiyatga ega. Organizmlar mikdori vizual va instrumental yo’l bilan aniqanadi. Organizmlar vizual hisobga olinganda, ularning ma’lum joyda, to’g’ri yo’nalishda yoki ma’lum hajmdagi suvdagi mikdori aniqlanadi. Masalan, geobotanikada ma’lum joydagi o’simliklarni hisobga olish, gidrobiologiyada - dengiz, okeanlardan «dnocherpatellar» yordamida suv tagidagi loyqa tortib olinib, uning ichidagi organizmlar tarkibi va soni aniqlanadi. Suv qatlamidan plankton holda yashovchi organizmlarning turlar tarkibi, biomassasi aniklanadi.
Matematik modellar va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida anikdanadi.
Tabiatdagi ko’p qirrali voqeliklarni ekologik nuqtai nazar-dan tekshirishda katta va kichik ekosistemalarga xos qonuniyatlarni aniqlash jarayonida ularningdoimo o’zgarib turishi, muhit omillarining ta’siriga ko’rsatadigan reaktsiyasi, turli tsenozlarning har xilligi va farqi aniqlanadi.
ISHNING BORISHI:
1. Ekologiyada qo’llaniladigan usullar hakida ma’lumotlar to’plash (ma’ruza matni asosida) va jadvallarni to’ldirish.
2. Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni o’ziga xos xususiyatlari aniqlash va jadvalga yozish (2-jadval)
3. 1600-2000 yillar oralig’ida aholi soning o’sishini matematik modellashtirish.(3-jadval)
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq
№
|
Talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
1.
2.
3.
|
Tasviriy va taqqoslash usullari haqida ma’lumot bering.
Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni taqqoslang va misollar keltiring.
Olingan ma’lumotlar asosida jadvalni to’ldiradi. 1-jadval
|
Matnni o’qib chiqib, savollarga javob bering va topshiriqlarni bajaring?
|
|
| |