• 2.Ultratovush.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni




    Download 389,37 Kb.
    bet36/86
    Sana22.12.2023
    Hajmi389,37 Kb.
    #126669
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

    1

    chastotali garmonik 

    tebranish–asosiy ton, v

    2

    ;v

    3

    va hokazo yuqori chastotali garmonik tebranishlar 

    obertonlar deb ataladi. 
    Turli manbalardan chiqayotgan tovushlarning tusi (ohangdorligi) turlicha 

    bo`ladi: yani tovushlar bir–biridan tembri bilan farq qiladi. Tovushning tempri


    obertonlarning bo`lishi va ularning qattiqligiga bogliq bo`ladi. Obertonlari ko`p 
    bo`lgan musiqiy tovushlarning tembri yuqori (tovush shunchalik sifatli) bo`ladi.

    2.Ultratovush. Ultratovush to`lqinlarining chastotasi 20 kGc dan yuqori
    bo`lgani tufayli bu to`lqinlarning to`lqin uzunligi tovush to`lqinlariga nisbatan 
    qisqadir. Masalan, chastotasi 350 kGc bo`lganda havoda ultratovush to`lqinining
    uzunligi 1 mm chamasida, chastota 3 MGc bo`lganda esa to`lqin uzunligi 0,1 
    mm chamasida bo`ladi. Havoda tovush to`lqinlarining uzunligi 15 m dan 15 mm
    gacha oraliqda yotadi. Suyuqlik va qattiq muhitlarda to`lqin uzunligi yana ham 
    katta. Amalda ana shunday uzunlikdagi bir tomonga yo`nalgan to`lqin yarata
    oladigan nurlatkich ko`rish imkoniyati yo`q. Uzunliklari ancha kichikroq 
    bo`lgan ultratovush to`lqinlarining bir tomonga yo`nalgan dastasini (yoruglik
    dastasi kabi) hosil qilish mumkin. Masalan, agar ultratovush manbai bo`lib 
    turgan yassi plastinkaning o`lchamlari to`lqin uzunligiga nisbatan katta bo`lsa, u
    holda plastinkadan yassi to`lqin tarqaladi; bu to`lqin projektordan yoruglik 
    tarqalgani kabi, plastinka yuzidan tarqalayotgan parallel nurlar dastasiga
    uhshaydi. 
    Hozirgi vaqtda ultratovush to`lqinlarini yaratish uchun asosan ikkita 

    hodisa: teskari pezoelektrik effekt hamda magnitostriksiya hodisalaridan


    foydalaniladi.Teskari pezoelektrik effekt shundan iboratki, bazi bir 
    kristallardang (masalan,kvarc,segnet tuzi, bariy titanat tuzi va boshqalardan)
    malum usul bilan kesib olingan plastinka elektr maydon tasirida 
    deformasiyalanadi (maydon bir tomonga yo`nalganda cho`zilsa, teskari tomonga
    yo`nalganda esa siqiladi). Ana shunday plastinkani o`zgaruvchan kuchlanish 
    berilgan metall qoplamalari orasiga joylashtirsak, plastinkaning majburiy
    mehanik tebranishlari yuzaga keladi. Agar elektr kuchlanishning o`zgarish 
    chastotasi platsinkaning hususiy tebranishlari chastotasiga mos kelsa,
    tebranishlar intensivlashadi. Shunday plastinka tutash (suyuqlik yoki gazsimon) 
    muhitda joylashtirilgan bo`lsa, tebranishlar muhitga berilib, undagi ultratovush
    to`lqinlarni uygotadi. Magnitostriksiya esa magnitmaidon tasirida ferromagnit 
    moddalar (temir, nikel, bazi kotishmalar) da yuz beradigan shunga uhshash
    hodisadir.
    Ultratovush to`lqinlari inson faoliyatining turli–tuman sohalarida keng 

    ishlatiladi. Masalan, ultratovush to`lqinlari ilmiy–tadqiqot ishlarida modda


    (ainiqsa, suyuqlik) ning hossalarini o`rganish maqsadida; suvda lokasiya ishlari 
    olib borishda, yani buyumlarni topish va ulargacha bo`lgan masofani aniqlashda
    (lokatorlar); chuqurlikni o`lchash va dengiz tubining relefini aniqlash ishlarida 


    39


    (eholotlar); ultratovush defektoskopiyasida, yani metall buyumlarning nuqson
    (defekt) larini topish, ularning o`lchamlarini va qaerda joylashganliklarini 
    aniqlashda (defektoskop) va boshqa ko`p maqsadlarda keng qo`llaniladi.
    Ultratovush to`lqinlari manbadan tarqalib, o`z yo`lida to`siqqa uchraganda 
    undan qaytadi. Qaytgan tovushlarni qayd qilib va ultratovush impulsini yuborish
    va qayd qilish orasidagi vaqtni bo`lgan holda qaytaruvchi buyumning qaerda va 
    qanday masofada turganini aniqlash mumkin. Lokatorlar eholotlar va
    defektroskoplarning ishlash principi ultratovushning ana shundai qaitishiga 
    asoslangan.
    Ultratovushning biologik va fiziologik tasirlari ham bor. Bundan 

    tibbiiotda davolash maksadida, sut mahsulotlarini va dori–darmonlarni


    soflashda,kishlok hujaligida bazi usimliklar (kartoshka, nuhat va shunga 
    uhshashlar) ning uruglarini tez undirib olish va hosildorligini oshirishda va
    hokazo maksadlarda keng foidalaniladi.


    Download 389,37 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




    Download 389,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni

    Download 389,37 Kb.