• Bernulli qonuni d eb ataladi.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni




    Download 389,37 Kb.
    bet38/86
    Sana22.12.2023
    Hajmi389,37 Kb.
    #126669
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

    2.Bernulli qonuni. Biz bayon qilgan bu fikrlarning hammasi
    suyuqliklarga ham, gazlarga ham birday tegishli. Oquvchan suyuqlikda statik 
    bosim va dinamik bosim bo`lishini farq qilish kerak. Qo`zgalmas suyuqlikning
    truba devorlariga berayotgan bosimi statik bosim bo`ladi, dinamik bosim esa 
    suyuqlikning oqish tezligiga bogliq bo`ladi. Statik va dinamik bosimlar yigindisi

    to`la bosim deyiladi. Suyuqlikning statik bosimi uning tezligi nolga teng
    bo`lgandagi to`la bosimga teng bo`lishi tabiiy; bu bosimni manometr bilan 
    o`lchanadi.
    Suyuqlik trubaning tor qismidan keng qismiga o`tganida go`yo tusiqqa 

    duch kelgandek o`z harakatini tormozlaydi, shuning uchun uning siqilish


    darajasi ortadi. Aksincha, suyuqlik keng qismdan tor qismga o`tganida tezlik 
    ortadi va siqilish kamayadi. Trubadan oqayotgan suyuqlikning tezligi qaerda
    katta bo`lsa, o`sha erda uning bosimi kichik bo`ladi. Suyuqlikning tezligi bilan 
    bosimi orasidagi bu boglanish Bernulli qonuni deb ataladi. 
    Trubaning kesimi uning biror joyida toraysa, u joyda suyuqlikning oqish 

    tezligi ortadi, binobarin, bosim kamayadi. Oqimning suruvchi (tortuvchi) kuchi


    paydo bo`ladi, bu hodisadan pulvirizator, karbyurator, diffuziya nasosi va 
    boshqa qurilmalarda foydalaniladi. Endi samolyot qanotining ko`tarish kuchi
    qanday hosil bo`lishini ko`raylik. Oqim tomondan qanotga natijalovchi 
    kuchning yo`nalishi qanotning shakliga va uning oqimda qanday
    orientirlanishiga bogliq bo`ladi. Samolyot qanoti profilining –rasmda 
    keltirilgan shakli eng suyri shakldir.
    Ko`tarish kuchi hosil bo`lishi uchun samolyot uchaiotganda uning kanoti 

    qanot tekisligi bilan oqim yo`nalishi orasida biror burchak (uchishda 1–1,5


    0

    dan qo`nishda 15


    0
    gacha) hosil bo`lishi kerak. Bosim kuchi va ishqalanish 

    kuchining R teng tasir etuvchisi qanotga burchak ostida yo`nalgan. Bu teng


    ta`sir etuvchining Q va F tashkil etuvchilari mos ravishda ro`para qarshilik va 
    ko`tarish kuchi bo`ladi.
    Nazariya va tajribaning ko`rsatishicha, ko`tarish kuchi qanot ustida 

    bosimning kamayishi va qanot ostida uning ortishidan yuzaga keladi. Qanot


    ostida bosimning kamayishiga kritik tezlikda qanot atrofida sirkulyasiya 
    oqimining paydo bo`lishi sabab bo`ladi. Sirkulyasiya oqimining yo`nalishi
    qarama–qarshidan kelayotgan oqimning (uchrashma) oqimning yo`nalishi bilan 
    qanotning ustida bir hil bo`ladi, qanotning ostida esa har ikkala oqimning
    yo`nalishlari qarama–qarshi bo`ladi. Buning natijasida qanotning kam bosimli 
    sohaga surish tasiri (Bernulli qonuniga muvofiq) yuzaga keladi.
    Uchishda samolyotga quyidagi kuchlar: P ogirlikni enguvchi F

    1
    ko`tarish 


    kuchini enguvchi parrakning tortish kuchi tasir qiladi.



    41

    Harakatlanayotgan suyuqlik (gaz) ning kinetik energiyasi bo`ladi. 
    Gidroelektr stansiyalarda harakatlanayotgan suvning energiyasi elektr energiyasi
    elektr energiyasiga aylanadi. Shamol energiyasi ham kelingi yillarda qishloq 
    ho`jaligi va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatila boshlandi.


    Download 389,37 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




    Download 389,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni

    Download 389,37 Kb.