240
Agar
bozordagi muvozanat narx
P
e
umumiy oʻrtacha xarajatdan
yuqori boʻlsa, firma normal foydadan tashqari ortiqcha foyda ham oladi.
Agar bozor muvozanati narxi
P
e
boʻlganda va talab chizigʻi
taklif
chizigʻini
AC
va
AVC
chiziqlari oʻrtasida kesib oʻtsa, ya’ni (12.11-rasm)
min
(
)
min
(
)
AVC Q
P
AC Q
e
e
e
,
boʻlsa, firma oʻz yoʻqotishlarini (zararini) minimallashtiradi.
12.11-rasm.
Firma zararini minimallashtiradigan hol
Bunday holda firma ishchi kuchidan, kapitaldan unumli
foydalanishga harakat qiladi va boshqa xarajatlarni
ham imkon boricha
qisqartiradi.
Bordi-yu muvozanat narx
P
e
firmaning oʻrtacha oʻzgaruvchan
xarajatidan, har qanday ishlab chiqarish hajmida past boʻlsa, ya’ni
P
AVC Q
e
( )
, firma oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
12.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif
egri chizigʻi.
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini
oʻzgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq
muddatli oraliqda firma oʻz kapitali hajmini oʻzgartirishi, ya’ni
ishlab
Q
Q
e
MC
P
AC
AVC
P
e
0
241
chiqarish quvvatini oʻzgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish
xarajatlarining
qanday
oʻzgarishi
ishlab chiqarish masshtabi
samaradorligining oʻsishi, oʻzgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi.
Yana shuni eslatib oʻtish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi
faoliyatini tahlil qilganimizda uning oʻrtacha xarajatlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish
jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun oʻzgarmas masshtab
samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish
omillari sarfi ikki barobar
oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga oʻsadi. Demak,
ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan oʻrtacha ishlab chiqarish xarajatlari
oʻzgarmaydi.
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi oʻsuvchi boʻlsin. Ishlab
chiqarish omillaridan foydalanishni
ikki barobar oshirganimizda, ishlab
chiqarish hajmi ikki barobardan koʻproqqa oshadi (masalan, uch
barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda oʻrtacha ishlab chiqarish
xarajatlari
qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining
oʻsish sur’ati, omillar sarfi sur’atidan koʻp.
Xuddi shunday, masshtab
samarasi pasayganda, ya’ni ishlab chiqarish omillari sarfini oʻsishi
sur’atidan ishlab chiqarish hajmining oʻsish sur’ati kichik boʻlganda
AC
ortib boradi.