246
yuqori boʻlgan har qanday hajmida chekli xarajat chekli daromaddan
yuqori, shuning uchun qoʻshimcha ishlab chiqarilgan
mahsulot foydani
qisqartiradi.
Umuman olganda koʻrish mumkinki, bozor narxi qancha yuqori
boʻlsa, albatta xarajatlar oʻzgarmaganda, firma shuncha koʻp foyda
oladi.
Xuddi shunday bozor narxi
0
P
boʻlganda, firma foydasini
maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi
0
Q
nuqta, ya’ni uzoq
muddatli oʻrtacha xarajatlarning minimumi bilan aniqlanadi. Bunday
holda firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Lekin, firma, biz yuqorida
aytganimizdek, iqtisodiy foyda nol boʻlganda
ham investitsiya qilgan
kapitaliga normal foyda oladi.
Uzoq muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozorda nafaqat firma
raqobatlashuvchi boʻladi, balki tarmoqning oʻzi ham raqobatlashuvchi
boʻladi. Tarmoqdan
chiqish yoki tarmoqqa kirish, firmalar uchun erkin
boʻlganligi uchun, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish
tendentsiyasiga ega.
Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga
erishiladi,
qachonki mahsulot narxi
0
P
tarmoqning tipik vakili boʻlgan
firmaning uzoq muddatli oʻrtcha xarajati minimumiga teng boʻlsa (7.17-
rasm).
Firma nolga teng iqtisodiy foyda olganda, unda tarmoqdan chiqib
ketishga hojat qolmaydi, boshqa firmalarning
ham tarmoqqa kirib
kelishidan manfaatdor emas. Uzoq muddatli muvozanat holat quyidagi
oʻrtacha shart bajarilganda sodir boʻladi. Birinchidan, tarmoqdagi barcha
firmalar oʻz foydalarini maksimallashtiradi. Ikkinchidan, hamma
firmalar nolga teng iqtisodiy foyda olgani uchun har bir firma tarmoqqa
kirishdan va undan chiqishdan manfaatdor emas.
Uchinchidan,
mahsulotning narxi shundayki, bu narxda umumiy taklif (tarmoq taklifi)
umumiy iste’mol talabiga ten