• Xarajatlari oʻzgarmas boʻlgan tarmoq.
  •  Raqobat bozorida taklif egri chizigʻi




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    10.4. Raqobat bozorida taklif egri chizigʻi 
     
    Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari 
    yigʻindisi orqali topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma 
    takliflarini qoʻshish orqali aniqlab boʻlmaydi. Nima uchun deganda, 
    uzoq muddatli oraliqda bozor narxining oʻzgarishiga koʻra firmalar 
    bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu oʻz navbatida firmalar taklif 
    chiziqlarini qoʻshib boʻlmasligini koʻrsatadi (qaysi firmalar bozorda 
    qolayotganligini biz bilmaymiz). 
    Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarish 
    hajmining kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi 
    hisobidan boʻladi, deb faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab 
    chiqarishga ta’siri oʻzgarmas deb qabul qilinadi. 
    Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda 
    ishlab chiqarish hajmi oʻsishining yoki kamayishining foydalaniladigan 
    ishlab chiqarish omillari narxiga ta’siri darajasiga bogʻliqdir. Shuning 
    uchun ham uch turdagi tarmoq xoʻjaligi qaraladi: xarajatlari oʻzgarmas, 
    oʻsuvchi va kamayuvchi tarmoqlar. 
    Xarajatlari oʻzgarmas boʻlgan tarmoq. Tarmoqda ishlab 
    chiqarish hajmining oʻsishi foydalaniladigan resurslarning narxiga ta’sir 
    qilmasa, biz yuqorida koʻrdikki, tarmoqning kengayishi va qisqarishi 
    muvozanat narx 
    0
    P
    ga ta’sir qilmaydi. Biror sabab bilan (masalan, 
    iste’molchi didining oʻzgarishi) talab oshganda mahsulot narxi oshadi va 
    tipik firma musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi. Bu foyda boshqa 


    251 
    firmalarni ushbu tarmoqqa kirib kelishiga sabab boʻladi. Boshqa 
    firmalarning kirib kelishi taklifni oshiradi, natijada oshgan narx oʻzining 
    oldingi muvozanat holati 
    0
    P
    ga qaytadi. Bundan kelib chiqadiki, 
    xarajatlari oʻzgarmas boʻlgan tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi 
    taklif chizigʻi narx uzoq muddatli oʻrtacha ishlab chiqarish xarajatlarini 
    minimumiga teng boʻlganda gorizontal chiziqdan iborat boʻladi (12.19-
    rasm).
    Narx muvozanat narx R
    0
    dan yuqori boʻlsa iqtisodiy foyda musbat 
    boʻladi va bozorga yangi firmalar kirib qisqa muddatli taklifni oshiradi 
    va bu narxni oldingi muvozanat holatiga qataradi. Oʻzgarmas xarajatga 
    ega tarmoqning uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar chizigʻi gorizontal 
    boʻladi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Raqobat bozorida taklif egri chizigʻi

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish