XIII BOB. NOMUKAMMAL BOZORLARDA FIRMALAR




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

XIII BOB. NOMUKAMMAL BOZORLARDA FIRMALAR 
FAOLIYATI 
13.1 Monopoliya va mukammal raqobat 
Oldingi boblarda bozorlarni koʻplab raqobatdosh korxonalar va bitta 
Monopoliya korxonasiga ega bozorlarni oʻrgandik. Mukammal 
raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsulotning chegaraviy xarajatiga 
teng. Shuningdek, biz koʻrdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish
iqtisodiy foydani noʻlga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx 
umumiy xarajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday 
qilib narxlarni chekli xarajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv 
musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yoʻqotishlarga olib 
keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng 
oxirgi shakllaridir. Raqobat bozorda koʻplab korxonalar deyarli bir xil 
mahsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa 
bozorda faqat bitta firma boʻlsa paydo boʻladi.
Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday 
ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi 
koʻplab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga koʻra, har 
biri ham toʻla tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz 
tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek 
qattiqqoʻl emas. Tipik korxona, shuningdek, ma’lum darajada bozor 
kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq 
koʻrsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib 
aytganda, koʻplab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va 
monopoliya oʻrtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal 
raqobat deb atashadi.


257 
Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda 
bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa 
sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki oʻxshash mahsulotlarni 
taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor hukmronligini statistik ataladigan 
konsentratsiya koeffitsiyentiga ega korxonalarning kichik guruhlari 
orqali oʻlchashadi. Konsentratsiya koffitsiyenti bu bozordagi umumiy 
mahsulot 4 ta yirik korxonalar orqali ta’minlanishidir. Lekin, ba’zi 
sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni oʻynaydi. Yuqori 
konsentratsiyalangan sanoatlar oʻz ichiga gʻalla ekinlari (konsentratsiya 
koeffitsiyenti 83 %), samoliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 
85 %). Elektr lampochkalari 89%, uy jihozlari 90 % va sigaretlar 99% ni 
qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zoʻr tasvirlangan 
misollaridir.
Nomukammal raqobat bozorning ikkinchi turi, Monopolistik 
raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi koʻplab korxonalar sotayotgan 
mahsulotlari oʻxshash lekin bir xil emasligi orqali tasvirlanadi. 
Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan 
mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir xil 
iste’molchilar uchun kurashadigan oʻxshash mahsulotlar ishlab 
chiqaradi.
Yanada aniqroq boʻlishi uchun Monopolistik raqobat bozorini 
quyidagi xususiyatlarini tasvirlaydi.
- Koʻp sotuvchilar: koʻplab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar 
uchun raqobatlashadi.
-Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda 
eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib 
narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizigʻiga duch 
keladi.
 


258 
-Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi 
mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad 
nolga yetganda oʻzgaradi.
Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun 
roʻyxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter oʻyinlarlari, 
restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel va h.k
7
.

Download 7,53 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XIII BOB. NOMUKAMMAL BOZORLARDA FIRMALAR

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish