259
pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari
bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin.
Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning
koʻpligi ularni oʻzaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini
bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni boʻyniga olgan holda oʻzi
harakat qiladi va oʻzining narx siyosatini belgilashda boshqa
firmalarning harakatini e’tiborga olmaydi.
Boshqa raqobatlashuvchi
firmalar qanday harakat qiladi qanday narx siyosatini amalga oshiradi.
Bu kabilarni oldindan koʻra bilish amalda mumkin ham emas.
Tovarlarni differensiallashuvi nafaqat ularning sifatidagi farqlarga,
bezagiga bogʻliq, balki ularni sotishda koʻrsatiladigan xizmatlarga ham
bogʻliqdir. Iste’molchilarni u yoki bu tovarni tanlashiga tovarni yaxshi
qadoqlanishi, doʻkonning oʻngʻay joylashuvi va ishlash rejimi,
xaridorlarga yaxshi xizmat koʻrsatilishi sabab boʻlishi mumkin.
Yuqoridagilar kichik magazinlarga, sartaroshxonalarga, benzin quyuvchi
shoxobchalarga ham toʻliq tegishlidir.
Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan
xarakterlanadi:
Birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini
oʻrnini bosish normasi yuqori boʻlgan, mahsulotlarini sotadi va bir-biri
bilan raqobatlashadi. (Boshqacha aytganda bunday tovarlarning narxga
koʻra elastikligi yuqori, lekin cheksiz emas).
Ikkinchidan, bozorga yangi firmalarni oʻz markasi bilan kirishi va
undan faoliyat koʻrsatayotgan firmalarni chiqishi cheklanmagan. Agar
firmalarning mahsulotiga talab yetarli darajada boʻlmay qolsa ular
bozordan toʻsiqsiz chiqishi mumkin. Raqobatlashgan monopol
bozorning oʻziga xos xususiyatini poyafzal
va avtomobil bozorini
taqqoslaganda koʻrish mumkin. Poyafzal bozori raqobatlashgan
monopol boʻlsa yengil avtomobil bozori oligopolik bozor sifatida
xarakterlanadi. Agar, poyafzal bozorida foyda yuqori boʻlsa, boshqa
260
firmalar yangi poyafzal ishlab chiqarish oʻz markasi bilan bozorga kirish
uchun kerakli boʻlgan mablagʻni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik
tugʻdirmaydi.
Avtomobil
bozoridagi
avtomobillar
ham
differensiyallashgan (ya’ni uning turlari koʻp). Lekin, bu bozorga yangi
firmalarning kirib kelishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik
tugʻdiradi. Nima uchun deganda samarali
miqdordagi avtomobillarni
ishlab chiqarish uchun juda katta mablagʻ talab qilinadi.
Uchinchidan, bozorda nisbatan katta miqdordagi firmalar faoliyat
koʻrsatadi va ularning har biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga
boʻlgan bozor talabining ma’lum darajadagi ulushini qanoatlantiradi.
Toʻrtinchidan, firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va
sotish hajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini e’tiborga
olmaydilar. Masalan, biror sotuvchi oʻz mahsuloti narxini 20 % ga
tushursa uning mahsulot sotish hajmi oshadi va oshish alohida bir firma
hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, lekin bu siyosatning
boshqa bir raqib firmaning bozordagi ulushini keskin qisqartirib
yuborishi ehtimoli nihoyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqobatchi
firmalar birinchi firmaning narx siyosatiga
nisbatan biror chora
koʻrmaydi va bu siyosat kuchli ta’sir qilmaydi.
Raqobatlashgan monopolistik bozoridagi talab chizigʻi elastikligi
raqobatlashgan bozordagi talab chizigʻi elastikligidan pastroq, ammo sof
monopoliyadagi talab chizigʻi elastikligidan yuqoriroq boʻladi.
Raqobatlashgan monopolistik bozorda talab chizigʻining elastiklik
darajasi raqobatchilar soniga va mahsulotning turlari soniga bogʻliq.
Raqobatchilar va mahsulot turlari qancha koʻp boʻlsa, talab chizigʻining
elastiklik darajasi shuncha yuqori boʻladi. Monopol raqobat bozorida
ham mukammal raqobatlashgan bozor kabi firmalarning kirishi va
chiqishi cheklanmagan. Monopol raqobat bozorida harakat qilayotgan
firmalarning
iqtisodiy foyda olishi, raqobatlashuvchi tovar markalari
261
bilan boshqa firmalarni bozorga kirib kelishiga sabab boʻladi, natijada
firmalarning iqtisodiy foydasi nolgacha pasayadi. Qisqa va uzoq
muddatli oraliqlarda monopol raqobatlashgan firmada muvozanat narx
va mahsulot hajmi qanday oʻrnatilishini koʻrib chiqamiz.
Quyidagi 13.1-rasmda raqobatlashgan monopol firmaning qisqa
muddatli muvozanat holati tasvirlangan.
Firma mahsuloti boshqa
firmalar mahsulotidan farq qilgani uchun uning talab chizigʻi DR pastga
yotiq yoʻnalgan. Bu yerda DR firma uchun talab chizigʻidir, bozor talab
chizigʻi bundan farq qiladi.