262
bozorga boshqa firmalarni kirib kelishga
undaydi va ular kirib kela
boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning oʻzi ham yanada koʻproq foyda
olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi.
Shunday qilib bozorga yangi firmalarni kirib kelishi va oʻz
markalari ostida firma mahsulotiga oʻxshash yangi mahsulotlarni ishlab
chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi,
tovar narxi
pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning
talab chizigʻi pastga qarab siljiydi (2-rasm). (Agar, firmaning xarajatlari
uzoq muddatli oraliqda oʻzgarsa AC va
MC chiziqlari hamda chekli
daromad MR chiziqlari ham pastga siljiydi).
Mahsulot sotish boʻyicha raqobatlashuvchi firmalarni ortib borishi
bozorda oʻrindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida
har firma mahsulotiga boʻlgan talabni oʻrnatilgan narxga koʻra
elastikroq boʻlishiga olib keladi. Yangi firmalarni bozorga kirib kelishi
iqtisodiy foyda olish mumkin boʻlmay qolguniga qadar davom
etadi
13.2-rasm.
Monopol raqobatlashgan bozorda