• Mavzular: Mashg’ulotlar ning qisqacha mazmuni Ajratil - gan soat
  • Jami: 36
  • Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar




    Download 324 Kb.
    bet2/4
    Sana31.12.2019
    Hajmi324 Kb.
    #6711
    1   2   3   4



    Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar



    Mavzular:


    Mashg’ulotlarning qisqacha mazmuni

    Ajratil-gan soat

    1

    Biologiya fanining vazifasi, o’rganiladigan sohalari va uslublari

    Biologiya fanining maqsadi va vazifasi. Rivojlanish bosqichlari. O‘rganish usullari.Tabiiy fanlarning shakllanishida o‘rta asrda yashab ijod etgan o‘rta osiyo allomalarining qo‘shgan xissalari. Hujayra nazariyasining yaratilishi.Tur to‘g‘risida tushunchalarning shakllanishi.Tiriklikning molekulyar, subxujayraviy, hujayraviy, to‘qima va a’zo, organizm, populyasiya va tur, biogeotsenotik va biosfera darajalari. Yozuv bilan ifodalash, taqqoslash,tarixiy va tajriba o‘tkazish metodlarining shakllanishi. Hozirgi zamon biologiyasidagi umumlashtirishlar, erishilgan yutuqlar va fan muammolari o’rgatiladi.

    2

    2

    Ch.Darvinning evalutsion ta’limoti va undan keyingi davr

    Ch.Darvingacha evolyutsiya to’g’risida fikrlar. K.Linneyning sistematika faniga asos solishi. Lamarkning evolyutsion ta’limoti. Ch.Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati. Yirik ilmiy asarlari va ularni qisqacha mazmuni. Darvin evolyutsion ta’limotning mohiyati. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ular xillari. Evolyutsiya va irsiyat. Darvin davrida tur tushunchasini izohlash.

    Darvin ta’limoti uchun kurash. Evolyutsion ta’limot taraqqiyoti bosqichlari. Biologiyada progress tushunchasi, uning mezonlari. Biologik progressning turli yo’nalishlari Morfofizologik progress (aromorfoz). Idiodaptatsiya. Umumiy degeneratsiya. Morfofizologik regress (katamorfoz, gipomorfoz). Biologik regress haqida ma’lumotlar beriladi.



    2

    3

    Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi

    Erda hayotning paydo bo’lishi to’g’risida koatservat va genetik gipotezalarni izohlash. Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali modellashtirish. Era va davrlarni o’rganish. Yerda hayot rivojlanishining asosiy bosqichlarini o’rganish. Arxey va proterozoy eralarida biosfera. Paleozoy erasidagi hayot. Mezozoy erasida hayotning rivojlanishi. Kaynozoy erasining boshlanishi va hozirgi hayot. Era va davrlarda yashab o’tgan tirik organizmlar to’g’risida paleontologik dalillarni o’rganish.

    2

    4

    Hujayra biologiyasi. Tiriklikning mohiyati va darajalari

    Hujayra nazariyasi va uning mohiyati. Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari. Hujayra tarkibiy qismlari va ularning vazifalari. Organoidlar kiritmalar. Hujayra yadrosi. Kariotip va poligen (yirik) xromosomalar. Hujayraning hayotiy tsikli va bo’linishi. Hujayrada modda va energiya oqimi.

    Tiriklikning asosiy tuzilma darajalari va ularning o’zaro aloqadorligi. Organizmlarning molekulyar, subhujayraviy, hujayraviy, to’qima, organizm, populyatsiya va tur, biogeotsenotik va biosfera darajalari. Hujayra to’g’risidagi hozirgi zamon tushunchalari.



    2

    5

    Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi

    Organizmlarning jinssiz va jinsiy ko’payishi. Jinssiz ko’payishnig endogoniya, shizogoniya, sporagoniya, kurtaklanish va vegetativ xillari. Jinsiy ko’payishning kon’yugatsiya, izogamiya, geterogamiya, oogamiya, partenogenez, ginogenez va androgenez xillari. Gametogenezning yuzaga kelishi. Gametogenezda meyotik bo’linish va uning biologik ahamiyati.

    Ontogenez va filogenez haqida tushuncha. Individual rivojlanish biologiyasi va qonuniyatlari. Urug’lanish va implantatsiya. O’simliklar rivojlanishining xilma-xilligi. Ontogenezning tip va davrlari. Organizmning o’sishi va uning bosqichlari. Organizmning qarishi, qarilik va o’lim. Gomeostaz.



    2

    6

    Organizm va muhit

    Tabiatda mavjud bo‘lgan barcha tirik mavjudodlar umumiy hayoti davomida ham tirik tabiat, ham notirik tabiat ko‘rsatadigan ta’sir tufayli yashashi. Organizmlar yashashi uchun atrof muhit omillarining zarurligi. Organizmlarga bevosita ham bilvosita ta’sir etuvchi omillar. Hayotiy sharoitda omillarnng turli hil tabiiy unsurlar, jismlar, tabiiy hodisalardan iboratligi. Abiotik, biotik va antropogen omillar. Organizmlar adaptatsiyasi. Ekologik omillar optimumi.Ekstremal omillar. Har xil xususiyatlarga omillarning ta’siri.Muhitga individlarning har xil reaksiyasi. Har xil omillarga organizmlarning nisbiy moslashuvi. Turlarda ekologik spektrning mos kelmasligi. Omillarning o‘zaro ta’siri. Omillar ta’sirining chegaralanish qoidalari

    2

    7

    Genetika fanining vazifasi, o’rganadigan sohalari va uslublari

    Genetika fanining maqsadi va vazifalari rivojlanish bosqichlari, o‘rganish usullari. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida tushuncha. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida XIX asrgacha olib borilgan tajribalar, taxminlar va gipotezalar. Mendel ta’limotining ochilishi va 1900 yilda G.de-Friz, K.Korrens va K.CHermak tomonidan qayta tasdiqlanishi. CH.Darvinning evolyusion nazariyasi va uning irsiyat va o‘zgaruvchanlikni tushuntirishdagi roli.Genetika fanining shakllanishi. Genetika fanining rivojlanish istiqbollari, yutuqlari va muammolari.

    2

    8

    Irsiyatning sitologik va molekulyar asoslari

    Hujayra to‘g‘risida tushuncha. Hujayra yadrosi va sitoplazmaning irsiy hususiyatlarni o‘zida saqlashi va irsiy ahborotning amalga oshishi. Xromosoma morfologiyasi. Xromosoma – irsiyatning moddiy negizi ekanligi. Gaploid va diploid, autosoma va jinsiy xromosomalar to‘g‘risida tushuncha.

    Nuklein kislotalar va ularning irsiyatdagi roli. DNK va RNK turlari.CHargaf qoidasi. Uotson va Krik ta’limoti bo‘yicha DNK tuzilishi. F.Griffits va O.Everi tajribasi. Replikatsiya, transkripsiya, teskari transkripsiya tushunchasi va ularning irsiyatdagi ahamiyati. Nirenberg, Ochoa va Mattenlarning ishlari. Genlarning tuzilishi va funksiyasi. Genning xususiyatlari-allellik, doimiylik, xususiylik va graduallik. Oddiy va murakkab genlar. Strukturali va regulyasiya boshqaruvchi genlar. Genetik kod va uning biologik xususiyatlari. Genetik kodni aniqlashda Narenberg, Ochoa va Mittenlarning ishlari. Oqsil sintezlanishida DNK va RNK ning o‘zaro ta’siri. A-RNK ning oqsil sintezida matritsa rolini bajarishi.



    2

    9

    Gametogenez va urug’lanish

    Jinsiy xujayralar tug‘risida tushuncha. Tuxum va urug‘ xujayra, ularning etilishi. Xayvonlarda gametogenez. O‘simliklarda mikrosporogenez va mikrogametogenez. Megasporognez va megagametognez. Hayvonlarda otalanish va o‘simliklarda urug‘lanish. Qo‘sh urug‘lanishning moxiyati.Urug‘lanish jarayonida turning yashab qolishi uchun quyidagi genetik xodisalar yuz berishi: 1) xromosomalarning diploid sonining tiklanishi; 2)bir avlod bilan keyingi avlod o‘rtasidagi moddiy ketma ketlikning ta’minlanishi; 3) bir individumda ota ona organizm-larining irsiy xususiyatlarining mujassamlashishi.Nomuntazam jinsiy ko‘payish xillari. Partenogenez, ginogenez va androgenez. Amfimiksis va apomiksis

    2

    10

    Tur ichidagi duragaylashda irsiyat qonunlari

    Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari. Monoduragay chatishtirish. G.Mendel qonunlari. Mendel ta’limotining ochilishi va 1900 yilda G.de-Friz, K.Korrens va K.CHermak tomonidan qayta tasdiqlanishi.

    Gibridologik analiz usuli. CHatishtirishni harflar bilan yozish. Birinchi avlod duragaylarining bir xillik qonuni. Dominintlik va retsessivlik. Gomozigota va geterozigota. Allel genlar. Genotip va fenotip. Monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirishda fenotip va genotip bo‘yicha belgilarning ajralish qonuni. Pennet katakchasi. Retsiprok, takroriy va taxliliy chatishtirish



    2

    11

    Allelmas (noallel) o’zaro ta’siri natijasida belgilarning naslga o’tishi

    Genlarning o‘zoro ta’siri natijasida belgilarning naslga o‘tishi. Genlarning o‘zaro ta’sir etish xillari. Allel va allelmas genlarning o‘zaro ta’siri. Allelmas (epistaz, omplementarlik, va polimeriya ) o‘zaro ta’siri natijasida yangi tiplarning hosil bo‘lishi. Genlarning komplementar ta’siri natijasida sut emizuvchilarning hujayralarida virusga qarshi maxsus oqsil-interferonning ishlab chiqilishi. Epistatik va gipostatik gen. Komplementar va epistaz ta’sir natijasida hosil bo‘lgan belgilarning F2 da ajralish qonuniyatlari. Genlarning polimer ta’siri. Ikkinchi bo‘ginda belgilarning ajralish nisbati va uning moxiyati. Nilson –Ele tajribasi. Mikdoriy va sifat belgilar tug‘risida tushuncha. Genlarning modifikator tasiri. Genlarning polimer ta’siri to‘g‘risida G.Nilson-Ele ishlari. Kumulyativ va kumulyativ bo‘lmagan polimeriya. Genlarning pleyotrop ta’siri. Birlamchi va ikkilamchi pleyotrop ta’sir.

    2

    12

    Uzoq shakllarni duragaylash

    Turlararo va avlodlararo duragaylash. Turlar chatishmasligi va uning sabablari. CHatishmaslikni bartaraf qilish usullari. Duragaylash nazariyasi va amaliyotida I.V.Muchurin ishlarining ahamiyati. CHatishmaslikni engishda poliploidiya va mutagenezdan foydalanish. Uzoq duragaylarning pushtsizlik sabablari va uni bartaraf qilish usullari. Uzoq duragaylashda avlodning ajralish xususiyatlari. Uzoq duragaylashdan seleksiyada foydalanish.

    2

    13

    Xromasoma nazariyasi

    Irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishi. T.Morgan va uning shogirdlari ishlari. Xromosomalar morfologiyasi, kariotip. Jins genetikasi va jins bilan birikkan belgilarning naslga o‘tishi.

    Erkak va urg‘ochi jinslarning kariotiplari. Gomogamet va geterogamet jinslar. Jinsni belgilash xillari: progam, epigam va singam. Jins bo‘yicha ajralish. Jinsning belgilanishida tenglik nazariyasi. K. Bridjes ishlarining mohiyati. Jins nisbatining amalda o‘zgarishi va kerakli jinsli organizmlar olish.



    2

    14

    Jins genetikasi va jins bilan birikkan belgilarning naslga o’tishi. Belgilarning birikkan holda naslga o’tishi. Krossingover

    Jins bilan birikkan belgilarning naslga o‘tish. T.Morgan tajribasi. Bu qonunyatdan xalq xo‘jaligida foydalanish (ipak qurtida V.A.Strunnikov ishlari misolida). Jins bilan birikkan kasalliklar va ularning naslga berilishi. Belgilarning birikkan holda naslga o‘tishi. Mustaqil va birikkan holda naslga o‘tishda duragaylar avlodidi ajralish qonuniyatlari. Genlarning birikkan holda naslga berilishi. Birikish guruhlari va ularning aniqlash. Krossingover va uning xillari. Krossingoverga ta’sir etuvchi omillar. Xromosomalar joylanishining genetik xaritasi va uni tuzish usuli.Xromosomalarning genetik va sitologik xaritalarini taqqoslash. Krossingoverning sitologik isboti. Krossingover va gen almashinuvining (rekombinatsiya) evolyusiya va seleksiya ishidagi ahamiyati.

    2

    15

    O’zgaruvchanlik qonuniyatlari

    O’zgaruvchanlik va uning xillari. Fenotipik va genotipik o’zgaruvchanlik. Modifikatsion (paratipik) o’zgaruvchanlik. Uzoq muddatli modifikatsiyalar. Organizmlarning reaktsiya normasi. Mutatsion o’zgaruvchanlik. Tabiiy va sun’iy mutatsiyalar. G.de-Frizning mutatsion nazariyasi va uning mohiyati. N.I.Vavilovning irsiy o’zgaruvchanliknng gomologik qatorlari qonuni. Genotipik o’zgarishga ko’ra mutatsiya klassifikatsiyasi. Mutagenlar va ularning klassifikatsiyasi. Nuqta yoki gen mutatsiyasi. Xromosoma ichidagi o’zgarishlar (inversiya, deletsiya). Xromosomalararo o’zgarishlar-translokatsiya. Xromosoma sonining o’zgarishi (poliploidiya, gaploidiya, geteroploidiya yoki aneuploidiya). Jinsiy hujayralarda hosil bo’lgan generativ mutatsiya. Spontan va indutsirlangan mutatsiyalar. Tashqi muhitni mutagen faktorlardan muhofaza qilish muammosi.

    2

    16

    Poliplodiya va gaplodiya

    Poliplodiya haqida tushuncha va uning xillari. Xromosoma soni ortishining moddiy asosi. Meyotik, zigotik va mitotik poliploidiya. Avtoallopoliploidiya va aneuploidiya olish usulari. Gaploidiya. Gaploidlar klassifikatsiyasi. Gaploid organizmlarni sun’iy hosil qilish usullari. Poliploidiyaning evolyutsiya va selektsiya ishidagi ahamiyati. Uzoq shakllarni duragaylashda poliplodiyadan foydalanish. Geteroplodiya. Monosomik va trisomik. Organizmlarni hosil bo’lishi. Turli xildagi ploidli o’simliklar olish va ularni ahamiyati.

    2

    17

    Geterozis va sitoplazmatik irsiyat

    Inbriding va autbriding haqida tushuncha. Inbriding va generozis. Inbridingning biologik va genetik asoslari. Chetdan changlanuvchi o’simliklardan inbriding. Inbred minimum. Inbred depressiya va uning ta’sirini pasaytirish yo’llari. Inbred liniyalarning yaratilishi. Chorvachilikda inbridingdan foydalanish. Inbriding koffitsienti va genetik o’xshashliklarning mohiyati.Geterozis xodisasi va uning xillari. Geterozisning namayon bo’lish xususiyatlari. Geterozis samaradorligining pasayish sabablari va uni mustahkamlash yo’llari. Geterozisdan o’simlikshunoslik va chorvachilikda foydalanish va uning ahamiyati. Tsitoplazmatik irsiyatning molekulyar asoslari. Sitoplazmatik erkak pushtsizligi xodisasi (TSEP). Geterozisdan duragay olishda TSEPdan foydalanish.

    2

    18

    Induvidual rivojlanish va populyatsiya genetikasi

    Individual rivojlanishning genetika asoslari. Filogenez va ontogenez tushunchasi. Individual rivojlanishda organogenez va morfogenez. Ontogenezning biogenetik qonuni. Ontogenezning daslabki davrida irsiy axborotning roli. Organizm rivojlanishining qaltis davrlar. Ontogenez mexanizmlari. Umumiy genlar depressiyasi. To‘qimalar diferensiyasini ta’minlovchi genlar. Regeneratsiya va transplantatsiya.Populyasiya haqida tushuncha. Populyasiyadagi genetik jarayonlar haqida S.S.CHetverikov ishlari. Tabiiy va sun’iy populyasiyalar va ularni o‘rganish usullari. Populyasiyaning genetik strukturasiga ta’sir qiladigan omillar. Panmiktik populyasiyalar. Xardi-Vaynberg qonuni. Populyasiyalar ichidagi genetik polimorfizm va genetik yuk. Panmiksiyaning buzilishi. Genlar dreyfi. Tabiiy mutatsiya jarayoni, populyasiyalararo migratsiyalar. Tanlashning populyasiya strukturasiga ta’siri. Genetik gomeostaz va populyasiyalar. Seleksiya, tibbiyot genetikasi, genofondni saqlash va boshqa muammolarni echishda populyasiyalar genetikasining ahamiyati. Populyasiya va genetik yuk haqida tushunchalar berish.

    2




    Jami:




    36


    Download 324 Kb.
    1   2   3   4




    Download 324 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar

    Download 324 Kb.