35
Kesishuvlarda harakat tezligi pasayadi. Bunga sabab burilish sodir bo’lishi hisoblanadi.
Burilishdan so’ng harakat tezligini asosiy yo’ldagi harakat tezligiga yetkazish uchun bir
qancha vaqt va masofa talab qilinadi. Shu masofa uzunligida qo’shimcha tasma quriladi. Bu
qo’shimcha harakat tasmasini tezlanish va sekinlashish yoki o’tuvchi tezlanish tasmasi deyiladi.
QMQ 2.05.02-95 da bir sathda kesishuv va tutashuvda o’tuvchi tezlanish tasmasi I-III
darajali yo’llarda, agar I - darajadagi tutashishda harakat 50 avt/sut dan ko’p bo’lsa, II va III
darajali yullarda 200 avt/sut ko’p bo’lsa, albatta o’tuvchi tezlanish tasmasi quriladi.
O’tuvchi tezlanish tasmasi uzunligi quyidagicha aniqlanadi.
a
V
V
L
26
2
2
2
1
V1 - asosiy yo’ldagi tezlik;
V2 - ikkinchi darajali yo’ldagi tezlik V2 = 20 km/s.
a- tezlanish, a=0,8 - 1,2 m/s
2
- tezlanishda; a=1,75-2,5 m/s
2
- sekinlashishda.
Avtomobil yo’llarida qo’shimcha tasmalarni nafaqat avtomobil yo’llari bir-biri bilan
kesishgan joylarda, balki, avtomobil to’xtash joylarida ham loyihalash kerak. Chunki qo’shimcha
tasmalar bo’lmagan joylarda yo’l transport hodisalari tez-tez bo’lib turadi.