36
Umumahamiyatdagi yo’larning tasnifiga asosan avtomogistrallarga I
a
toifali
avtomobil
yo’lari kiradi.
Avtomagistral yo’llarida alohida ikkita qatnov qismlari loyihalanib, ular o’zaro ajratuvchi
tasma bilan ajratilishi lozim.
Har bitta qatnnov qismi bir tomonlama harakatga mo’ljallangan bo’lib, avtomobilni quvib
o’tish sharti ta’minlangan bo’lishi shart.
Avtomagistral yo’llardagi transport oqimiga maxalliy va yo’lovchlarning harakati xalaqit
bermasligi, aholi punktlari joylashgan yerlarni aylanib o’tish ko’zda tutiladi.
Avtomagistral yo’llaridan svetofor va harakatni taqiqlovchi yo’l belgilari bo’lmasligi lozim.
Boshqa yo’llardan avtomagistral yo’llariga o’tish faqat alohida tasmalar orqali amalga
oshiriladi. Bunda o’tuvchi – tezlanish va sekinlatish tasmalari qurilishi ko’zda tutiladi.
Avtomagistrallar uzoq masofalarga mo’ljallangan yo’llar bo’lganligidan yo’l yoqalarida
yoqilg’i
quyish shaxobchalari, texnik va meditsina xizmat ko’rsatish shaxobchalari,
mehmonxonalar,oshxonalar bo’lishi zarur.
Avtomagistral yo’llar avtomobil yo’lidan bir sutkada o’tgan avtomobillar soniga
qarab
farqlanadi.
I
a
– N = 9000 avt/sut – avtomagistral.
I
b
– N = 7000 avt/sut – avtomobil yo’li
Hisobiy tezlik avtomagistral yo’llarida V
x
= 120÷150 km/s qabul qilingan.
Rejadagi egrinig radiusi R = 3000÷5000 m qilib loyihalanadi.
Bunda ko;ndalang kuch koeffitsienti µ = 0.05÷0.08 ga teng deb olinadi.
Avtomagistral yo’llari quyidagi tasniflarga bo’linadi:
I - avtomagistral yo’llari;
II-tezkor avtomobil yo’llari;
III- oddiy avtomobil yo’llari.
Avtomagistral yo’llar quyidagi harflar bilan belgilanadi. E, M, A .
E- xalqaro ahamiyatdai avtomagistral yo’li.
Avtomagistral yo’llarlarining ko’ndalang kesimlari oddiy yo’llarnikiga
qaraganda
boshqacharoq bo’ladi.
18-rasm. Zamonaviy avtomobil magistrallarining ko’ndalang profili elementlari;
1-ajratish polosasi; 2-qatnov qismi; 3- to’xtab turish polosasi yoki ko’tarilishga qarab
harakatlanish uchun qo’shimcha polosa; 4- gruntli qirg’oq; 5-tashqi chetki polosa; 6- ichki chetki
polosa;7- ichki mustahkamlangan qirg’oq.
Qarama-qarshi harakat bir-biri bilan ajratuvchi tasma orqali alohida loyihalanadi.Agar
qayta qurish ishlari bajarilgandan keyin yo’l avtomogistralga aylantirilgan bo’lsa, u holda
ko’ndalang kesim quyidagicha bo’ladi: